IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.31K subscribers
8.71K photos
684 videos
50 files
2.73K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Xabaringiz bor, joriy yil 16-20-sentabr kunlari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida faxrli
🥇1-o‘rinni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Asalxon Yuldasheva
🥈2-o‘rinni Urganch shahar 2-son maktab o‘qituvchisi Roziyajon Atadjanova
🥉3-o‘rinni Xiva shahar 2- son ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Dilorom Matkarimova egallagan bo'lsa,

O‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida faxrli
🥇1-o‘rinni Urganch shahar 15- son maktab o‘qituvchisi Irodaxon Yo‘ldosheva
🥈2-o‘rinni Urganch Shahar 8- son maktab o‘qituvchisi Dilfuza Bekmetova
🥉3-o‘rinni Hazorasp tumani 11-son maktab o‘qituvchisi Shahlo Ro‘zimova egalladi.

Ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutlab, tanlovning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
TABRIKLAYMIZ

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Asalxon Yuldasheva “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o’rinni egalladi.

💥Ustozimizni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, tanlovning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Yosh_kitobxon

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "YOSH KITOBXON" tanlovi o'tkazildi.

Tanlov O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo 'yicha 2 ta shart asosida bo'lib o'tdi. 

📍Tanlovda 7-02 sinf jamoasi g'olib bo'ldi.

Maqsad: O'quvchilarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirish

📚 Mutolaa - insonga hayotda munosib o'rin topish uchun qanot va ruhiy quvvat baxsh etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#uchrashuv

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son maktab internatida Urganch Davlat Pedagogoka Instituti (UrDPI) hamkorligida olimpiada qatnashuvchilari bilan uchrashuv uyushtirildi. Urganch Davlat Pedagogika Instituti Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'lim boshlig'i Sarvarbek Abdullayev va Tarix fanlari doktori(DSc), Ilmiy va Innovatsion ishlar boyicha prorektor Diyorbek Abdullayevlar ishtirok qildilar.

📍Suhbat davomida o'quvchilarga xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar haqida to'liq ma'lumot berishdi. Shuningdek, UrDPI dagi fakultertlar, undagi sharoitlar, imtixon jarayonlari,o'qish jarayonidagi imtiyozlar va nomdor stipendiyalar haqida ma'lumotga ega bo'lishdi.

🎤O'quvchilar qiziqtirgan savollariga javob olishdi va berilgan ma'lumotlardan mamnun bo'lishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Dars_jarayoni


🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 10-03 sinf o’quvchilari bilan Biologiya fanidan "Hujayra membranasiga haroratning taʼsiri" mavzusida laboratoriya mashg'uloti bajarildi.

🪄O’qituvchi : Nina Kalandarova


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram