IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.3K subscribers
8.8K photos
686 videos
50 files
2.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
2.10.2024-yil sanasida o’tkazilgan 2-tur natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Super liga 2-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko'rinishda
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
#sayohat

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-01-sinf o‘quvchilarining bir guruhi kasbga yo‘naltirish doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialiga tanishtiruv uyushtirildi.

📍Tanishuv davomida o‘quvchlarga oliy ta’lim hayoti va talabalarga berilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, oliy ta’lim iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion yangiliklar to’g’risida ma’lumot berildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#saflanish

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bugun ertalabki saflanish tashkil etildi.

🇺🇿Saflanish O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.


📌
So'ngra , respublikamizda bo'layotgan ta'lim tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.
 
🖍🖌Hafta davomida turli tanlov, tadbir va olimpiadalarda natijaga erishgan o'qituvchi va o'quvchilar  maktab ma'muriyati tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Oldimizdagi haftada rejalashtirilgan tanlov va STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazilishi haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berildi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Bugun 4-oktabr kuni Urganch shahr 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida maktab psixologi L.Atajanova va maktab maslahatchisi R.Quryazovalar 6-7- sinflarning kasbiy qiziqishlarini aniqlash maqsadida "Maqsadlarga intilish testi" o'tkazdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram