Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#new_Uzbekistan_university
KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ
❓ Savol: “Yangi O‘zbekiston” universitetda saralash imtihoni qay tartibda o'tkaziladi?
✅ Javob: Universitetda 2024/2025-o‘quv yili uchun saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi. Barcha yo‘nalishlar uchun imtihon matematika va mantiqiy fikrlashdan olinadi.
📶 Eslatib o‘tamiz, matematikadan SAT, International Baccalaureate Diploma, GCSE, GCE O-Level, GCE A-Level/AS-Level va IGCSE kabi xalqaro sertifikatlardan biriga ega talabalarga ham matematikadan olgan natijasiga ko‘ra tegishli ball taqdim etilib, imtihondan ozod etilishi mumkin.
👉 O‘qishga ariza topshiring.
📞 Koll-markazi: +998712024111
🤖 Telegram bot: @newuucontact_bot
#qabul2024 #admission2024
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
KO‘P SO‘RALAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ
#qabul2024 #admission2024
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
⚡️ Talabalarimiz Germaniyaning DAAD fondi tomonidan tashkil etilgan loyihada qatnashishmoqda
✅ Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari DAAD tomonidan Germaniya va Iordaniyada tashkil etilgan loyihada muvaffaqiyatli qatnashib kelishmoqda.
💫 Ushbu loyihada Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Dasturiy ta'minot muhandisligi va Sanoat boshqaruvi dasturlaridan talabalar tanlov asosida jalb qilingan.
💥 Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.
#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
💥 Loyihaning davomi sifatida tashkil etiladigan seminar-treninglar hafta davomida “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladi.
#grant #Germaniya #Iordaniya #DAAD
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
⚡️ Massachusetts texnologiya instituti J-Well “Yangi O‘zbekiston” universitetini eng yaqin hamkor sifatida e'tirof etdi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova MiT J-Wel bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Unga ko'ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-Welning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e'tirof etildi.
Ikki tomonlama hamkorlik ta'lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O'zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Biz eng yuqori darajadagi ta’lim va tajribani ulashamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova MiT J-Wel bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Unga ko'ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-Welning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e'tirof etildi.
Ikki tomonlama hamkorlik ta'lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O'zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Biz eng yuqori darajadagi ta’lim va tajribani ulashamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda
Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.
#Prezident #grant #muhandislik
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.
“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.
#Prezident #grant #muhandislik
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Qabul_2024
#New_Uzbekistan_university
⚡️ “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA
✅ Taʼlim dasturlari dunyo reytingida 30-o‘rinda turuvchi Myunxen texnika universiteti tomonidan Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan;
✅ 50%, 70% yoki 100% grant asosida tahsil olish;
✅ Germaniya, AQSh, Janubiy Koreya va Xitoyning yuqori reytingida turuvchi oliygohlarida ish tajribasiga ega xorijlik hamda mahalliy professor-o‘qituvchilardan to‘liq ingliz tilidagi sifatli taʼlim;
✅ Xorijiy va yurtimizdagi nufuzli kompaniyalarda amaliyot o‘tash;
✅ Rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kirish;
✅ Eng bilimli va saralangan yoshlar qatorida bo‘lish.
📶 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olishning yurtimizdagi boshqa oliygohlarda o‘qishdan qanday ustunlik tomonlari bor?
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Qabul_2024
#New_Uzbekistan_university
⚡️ IMTIHON SAVOLLARIDAN NAMUNALAR BILAN TANISHING
Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat bosqichining barcha taʼlim yo‘nalishlari uchun matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon olinadi.
Ushbu havola orqali kirib, test savollaridan namunalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://newuu.uz/admission/sample-exam-questions
📶 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/apply
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
Xabaringiz bor, “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat bosqichining barcha taʼlim yo‘nalishlari uchun matematika va mantiqiy fikrlashdan imtihon olinadi.
Ushbu havola orqali kirib, test savollaridan namunalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: https://newuu.uz/admission/sample-exam-questions
Eslatib o'tamiz, saralash imtihoni joriy yilning 6-iyul kuni Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
⚡️ Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablari o‘z faoliyatini boshladi
✅ Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yo‘nalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
🌐 Loyihada oʻzbekistonlik yoshlar qatorida 35 nafar xorijlik talabalar ham ishtirok etishmoqda.
📆 Ilmiy-maktablar 14-iyul kuniga qadar oʻtkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#imtihon_2024
#New_Uzbekistan_university
🔔 ERTANGI IMTIHONDA QATNASHUVCHI ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan saralash imtihonlari 6-iyul kuni 15:30da boshlanadi.
📶 Eslatib o‘tamiz, barcha abituriyentlar imtihondan bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda ruxsatnoma bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga borishlari kerak.
🖨 Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishni va qog‘ozga chop etgan holda imtihon bo‘ladigan joyga olib borishni unutmang.
💫 Imtihonlarda barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#New_Uzbekistan_university
🖨 Imtihon ruxsatnomasini shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishni va qog‘ozga chop etgan holda imtihon bo‘ladigan joyga olib borishni unutmang.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#live
#Xorazm
#new_uzbekistan
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul imtihoni boshlandi!
✅ Universitetga 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o‘qishga hujjat topshirgan talabalarni saralash imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
⏩ Jumladan, Xorazm viloyatidan hujjat 102 nafar abituriyentlar test imtihonlarini Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida topshirmoqdalar.
🕰 Test sinovlari 15:30 da boshlandi va 17:30 da tugaydi.
‼️ O‘n uchta hududda o‘tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish: https://test2024.uz/
🌐 Telegram | Facebook

🔥2👍1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi O‘zbekiston” universitetida Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarining yopilish marosimi oʻtkazildi
Ilmiy maktablarning maqsadi — iqtisod va matematika yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni aniqlash va ularni dunyo tan olgan olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish orqali mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.
Iqtisodiyot va Matematika yozgi ilmiy maktablarida oʻzbekistonlik yoshlar qatorida Xitoyning turli oliygohlarida tahsil oluvchi 35 nafar talaba ishtirok etdi.
❗️Mazkur loyiha doirasida matematika va iqtisodiyot sohalari rivojiga oʻz hissasini qoʻshuvchi yosh olimlar hamjamiyati tuziladi.

🔥2
#New_Uzbekistan_university
⚡️IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!
📝 Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 6-iyul kungi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.
✅Imtihon natijalari “Cambridge University Press and Assessment” tashkilotining veb sahifasi orqali e'lon qilindi.
💫 Shuningdek, shaxsiy kabinetingiz orqali (https://admission.newuu.uz) o'qishga grant yoki to'lov-kontrakti asosida qabul qilinganligingizni bilib, shartli ofertani yuklab olishingiz va o'z joyingizni band qilishingiz mumkin.
❗️Shartli ofertani yuklab olmagan talabgorlar o'qishga qabul qilinmaydi va kutish rejimida turgan talabgorlarga almashtiriladi.
💫 Oʻqishga qabul qilingan barcha abituriyentlarni talaba boʻlganliklari bilan muborakbot etamiz.

🤩3👍1🎉1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#bepul_mock_testlar
#New_Uzbekistan
📣 📣 📣 📣 📣
⚡️ "YANGI OʻZBEKISTON" UNIVERSITETI UZLUKSIZ TAʼLIM MARKAZI BILAN HAMKORLIKDA SAT IMTIHONI UCHUN MOCK TEST SINOVLARI OʻTKAZADI.
❗️ Ushbu test sinovlarida ishtirok etish mutlaqo bepul!
🗣 Mock test Bluebook dasturi bilan bir xil boʻlgan platformada boʻlib oʻtadi. Unda Respublika boʻyicha barcha taʼlim muassasalar oʼquvchilari oz bilimlarini sinash imkoniyatiga ega.
📝 Agar siz ham oʻz bilimingizni sinab koʻrmoqchi boʻlsangiz hoziroq roʻyxatdan oʻting.
📶 Mock test oʻtkazilishiga oid qoʻshimcha maʼlumot:
➖ har hafta yakshanba kuni oʻtkaziladi;
➖ boshlanish vaqti soat 11:00da;
➖ davomiyligi 3 soat;
➖ malakali ustozlar tomonidan test naijalari tahlil qilinadi.
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, Toshkent shahar, M.Ulugʻbek tumani, Movarounnahr 1.
📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun shu yerni bosing.
🗣 Joylar soni cheklangan, shoshiling va hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
❓ Qoʻshimcha savollar uchun:
🤖 @ccecontact_bot
📞 Tel: +998958280233
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan
Eslatma, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti SAT imtihonlarini oʻtkazadigan rasmiy tan olingan markaz hisoblanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Xorazm
#New_uzbekistan_university
Bugun “Yangi O‘zbekiston” universiteti bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga 2025/2026 oʻquv yili uchun qabul imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.
⏩ Jumladan, Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasining "Dzyudo kurash" zalida Xorazm viloyatidan hujjat topshirgan 124 nafar abituriyentlar test imtihonlarini topshirdilar.
🕰 Test sinovlari 11:00 da boshlandi va 13:00 da tugadi.
Imtihonda ishtirok etgan barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

🔥7👍1