IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.29K subscribers
9.05K photos
690 videos
51 files
2.79K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Vatanparvarlik
#Sayohat

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch  shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10.01-sinf o'quvchilari Yoshlarni Harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo'yicha direktor o'rinbosari- CHQBT rahbari, zahiradagi Podpolkovnik A.Rajabov boshchiligida "Jasorat bog'i" ga sayohat uyishtirishdi.

🔷️ Sayohat davomida o'quvchilar madaniy hordiq olish bilan bir qatorda o'zlarida yanada Vatanparvarlik kayfiyatini his qilishdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ayol pedadog-murabbiylar haqida hujjatli film
tayyorladi.

Toshkent shahridagi
Prezident maktabi jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan oʻtkazilgan "Zakovat" oʻyinida gʻolib boʻldi.

30-mart – Xalqaro chiqindisiz dunyo kuni doirasida
Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Urganch, Guliston, Yangiyer shaharlari, Xonqa, Yozyovon, Fargʻona, Sariosiyo, Qorovulbozor, Mirzaobod, Norin, Kosonsoy, Oqdaryo, Do‘stlik tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida plogging aksiyalar tashkil etildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” shiori ostida tadbir
oʻtkazildi.

Ogahiy nomidagi
ijod maktabi va Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "IT Park Uzbekistan" bilan yaqindan
tanishdi.

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Diyorbek Abdujabborov Kurash musobaqasining Respublika bosqichiga
yoʻllanma oldi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda holatlar boʻyicha nazariy-amaliy mashgʻulot
oʻtkazildi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 2-oʻrinni
egalladi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxtlar koʻchatlari va manzarali gullar
ekildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy estafeta
oʻtkazildi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jasur Isroilov xalqaro taʼlim grantini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_bolalar_kitob_kuni
#Urganch_1_imi

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2-aprel "Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan "Kitob - xazina, bilim - boylik" mavzusida viktorina savol-javob bo'lib o'tdi.

📚 Viktorinada g'olib bo'lgan o'quvchilar sovg'alar bilan taqdirlandilar.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#DTM
#URGANCH_SHAHAR_1_SON_IMI

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bitiruvchi sinflarni OTM lariga kirishlarini ta'minlash hamda bilim darajalarini sinovdan o'tkazish maqsadida sinov testi o'tkazilgan edi.

📍Ushbu natijalar tahlili bo'yicha bugun 11-sinf bituruvchilari, ixtisoslik fan o'qituvchilari bilan maktabimiz direktori G'.Axmedov
suhbatlashdi.

☑️Past natija qayd etgan o'quvchilar alohida takidlanib, o'z ustida ishlashi kerakligi aytildi.

📌Ma'lumot o'rnida har shanba kuni 11-sinflarga DTM test sinovi o'tkaziladi.

🖍Har shanba ushbu jarayonni  jonli ravishda kuzatishingiz mumkin
.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#to'garaklar_faoliyatidan

#Besh_tashabbus

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internatida  5 ta muhim tashabbus doirasidagi to'garaklar faoliyat olib bormoqda.

📚🌈5-6- sinf o'quvchilari bilan "Moxir qo'llar" to'garagi jarayonlari.


☑️To'garak rahbari : Zamira Ibragimova

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#E'lon
📌Aziz o'quvchilar!  O'z TALANTINGIZNI namoish qilish  vaqti keldi.

📌Sizlarni 6-aprel kuni maktabimizda bo'lib o'tadigan "Talant shou" ga taklif etamiz.

Bunda o'quvchilar quyidagi yo'nalishlarda ishtirok etishlari mumkin.

🎼 Musiqa va aktyorlik yo'nalishi;

📚Kitobxonlik yo'nalishi;

📝Rassomchilik yo'nalishi( Amir Temur tavallud kuniga bag'ishlab rasm chizish) ;

🎲 Kubik-rubik va boshqa boshqotirmalarni yechish bo'yicha;

📄She'rxonlik yo'nalishi;

💃Raqs yo'nalishi;

🕹2 tadan ortiq chet tillarini bilish bo'yicha;

🏓⚾️Yakka tartibdagi sport turi

📍Ushbu shouda ishtirok qilmoqchi o'quvchilar maktabimizning "Madaniyat" yo'nalishi sardori 11-02 sinf  o'quvchisi Atadjonov Jasurga(
@atadjanov_jasur) murojaat qilishingizni so'raymiz.

🖍Qo'shimcha ma'lumot olish uchun maktab yoshlar prezidenti Sabirova Maftunaga murojaat qilishingiz mumkin.


‼️Eslatma : Shouda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish shart!

‼️Guruh yoki jamoa bo'lib qatnashishga yo'l qo'yilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: "Яшил макон" - виждонимиз, бўлажак ҳаётимиз, фарзандларимиз олдидаги масъулиятимиз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X