IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.44K photos
675 videos
50 files
2.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#Shogirdlarga_o'rnak_ustoz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Geografiya fani o'qituvchisi Aminov Bexzod Geografiya fanidan  88,9% li Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'qituvchimizni  ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi  nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.


💫Kelgusi ishlarida  ulkan parvozlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#buyuk_siymolarga_ehtirom
#adabiy_uchrashuv

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari Alisher Navoiy tavaluddining 583 yilligi hamda, Zahiriddin Muhammad Bobur  tavalludi  541 yilligi munosabati bilan "Navoiy va Bobur haftaligi" doirasida “Nazm boʻstonida ikki buyuk chinor’’ mavzusida Viloyatimizning Navoiyshunos olimlari va shoirlari bilan adabiy-uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📌Uchrashuvda Xalqaro "Oltin meros"  jamgʻarmasi Xorazm viloyati boʻlimi raisi Komiljon Nurjanov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻktam Davletov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi bosh mutaxasisi Boltaboy Bekmatovlar qatnashdi.

📝Adabiy - uchrashuv badiiy qism  va qizgʻin suhbat asosida boʻlib oʻtdi.

📍Tashrif buyurgan shoirlar oʻzlari ijodidan ajoyib sheʼrlarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilishdi.

📄Navoiyshunos olimlardan maktabimizning kitobsevar oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekistonda 13 fevral kuni qariyb 1 mln o‘quvchi maktabga bormagan” - vazirlik rasmiysi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov ma’lumotiga ko‘ra, darslarga kelmagan qariyb 1 mln o‘quvchining 800 mingdan ortig‘i sababli, salkam 95 mingi esa maktabga sababsiz ravishda bormagan. Ta’kidlanishicha, endilikda bu bolalar bilan Milliy gvardiya xodimlari ishlab, ularni maktabga qaytarish chorasini ko‘radi.

👉 https://kun.uz/uz/76699394

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zini nazoratchidek tutgan xodimlar ham bo‘ldi” – Milliy gvardiyaning maktab ishiga aralashuvi haqida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi Azamat Kamolovning aytishicha, aynan davomat masalasida maktab hududiga Milliy gvardiya xodimlarining kirishi mumkin emas, bundan keyin bu vakolat faqat inspektor-psixologlarda bo‘ladi. Ammo ularning ta’lim jarayoniga aralashishi ko‘zda tutilmagan. Mas’ul Kun.uzʼga bergan intervyusida bir hafta ichida inspektor-psixologlarning faoliyati tartibga solinishini, me’yoriy hujjat ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/89547572

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev Marhamat tumaniga bordi

Prezident Andijon viloyati Marhamat tumanidagi shaxmat maktabi va kutubxonada bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/uz/57908056

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ertalabki_saflanish
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bugun ertalabki saflanish tashkil etildi.Saflanish O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

📌
So'ngra , respublikamizda bo'layotgan ta'lim tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.

📍O'quvchilar davomatini Milliy gvardiya nazorat qilishi haqida ham ma'lumotlar berildi.
 
🖍🖌Hafta davomida turli tanlov, tadbir va olimpiadalarda natijaga erishgan o'qituvchi va o'quvchilar  maktab ma'muriyati tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Oldimizdagi haftada rejalashtirilgan tanlov , olimpiadalar haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berildi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib
boring:👇


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram