IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.45K photos
675 videos
50 files
2.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Urganch_1_IMI
#Tanlov

🏢Urganch shahar 1-son maktab-internatida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan " Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusidagi insholar tanlovining maktab bosqichi bo'lib o'tmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Ayni vaqtda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turibdi.

✍️ Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko huzurida ikki tomonlama qator masalalarga doir hujjatlar, jumladan:

2024-2025-yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;

2024-2025-yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si
ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN


Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan. Shu boisdan maorif masalalariga katta ahamiyat bergan, maktab, madrasalar qurdirishda tashabbus ko'rsatgan. Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrlanadigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzarb mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.
#Ertalabki_saflanish
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bugun ertalabki saflanish tashkil etildi.Saflanishda buyuk bobokalonimiz , g'azal mulkining sultoni - Alisher Navoiyni tavallud topgan kun munosabati bilan barcha o'quvchilarga ma'lumotlar berildi.

📌
So'ngra , respublikamizda bo'layotgan ta'lim tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.
 
🖍🖌Hafta davomida turli tanlov, tadbir va olimpiadalarda natijaga erishgan o'qituvchi va o'quvchilar  maktab ma'muriyati tomonidan diplom va sovg'alar bilan taqdirlandi.

📌Oldimizdagi haftada rejalashtirilgan tanlov , olimpiadalar haqida o'quvchilarga ma'lumotlar berildi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib
boring:👇


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#buyuk_siymolarga_ehtirom

#ma'naviyat_soati

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-03 sinf rahbari Dilnura Xo'jayozova buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari tavalludi munosabati bilan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz’’ mavzusida ma'naviyat soati tashkil qildi .
   
⚡️O‘quvchilarga  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslari haqida ma'lumot berildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#buyuk_siymolarga_ehtirom

#ma'naviyat_soati

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 6-02 sinf rahbari Mahfuza Babajanova buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arboblari tavalludi munosabati bilan “Tarix qa’ridagi ikki yulduz’’ mavzusida ma'naviyat soati tashkil qildi .
   
⚡️O‘quvchilarga  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy va serqirra ijodiy meroslari haqida ma'lumot berildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram