IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.32K subscribers
8.68K photos
680 videos
50 files
2.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jadidlar

🔰Jadidlar.uz platformasi ishga tushirildi.

🔰Bu platforma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi buyurtmasiga koʻra, Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo boshchiligida 2021−2023-yillar mobaynida tayyorlandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/561631

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/UZTRJ

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#saylov
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA BIRINCHI NOMZODIMIZ BILAN TANISHING!

10-01 sinf o'quvchisi Sabirov Mirzobek Uktamboyevich


🙍‍♂️Men Urganch tumanida tug'ilganman va boshlang'ich ta'limni Urganch tumanidagi 10-son maktabda olganman. Keyin Yangiariq tumanidagi 37-IDUM da, ya'ni harbiy maktabda tahsil olganman. So'ng jiddiy jarohat olganim sababli harbiy yo'nalishni vaqtincha to'xtatib turishga majbur bo'lganman va shundan so'ng dasturlash sohasiga kirib kelganman.

👨‍💻DATA ta'lim stansiyasida back-end yo'nalishida 6 oylik kursda o'qidim. Kursni tugatgach, 1 yil o'z ustimda ishladim va o'z "portfolio"imni yaratdim. Undan so'ng frilanserlik qilib daromad qila boshladim. Hozirda men "middle"(o'rta) dasturchiman.

🔥Albatta, sport sohasida ham yo'q emasman. Taekvondo va milliy kurashni bilaman.

⚡️Harbiy maktab davrida ham guruh lideri bo'lganman va menga kichik serjant unvoni berilgan. Endilikda bu qobiliyatlarimni yanada rivojlantirish va maktab ravnaqini yanada oshirish maqsadida maktab prezidenti bo'lishga qaror qildim.

📢Quyidagi maktab hayotiga kiritmoqchi bo'lgan takliflarim va olib boradigan islohotlarim bilan tanishib chiqishingizni so'rab qolaman:

🔴Birinchi navbatda o'quvchilarning fikrini eshitish. Har oyda o'quvchilar bilan suhbat o'tkazib va ularning muammolariga yechim topish. Ularni qiziqishlarini o'rganib, shu asosida dasturlar ishlab chiqish.

🔴IT ga qiziquvchi o'quvchilarni darsdan keyingi bo'sh vaqtini samarali sarflash uchun ularga IT bo'yicha ta'lim berib, bilimlarini oshirish va ma'lum darajaga chiqqach, ular frilanserlik qilib daromad topishini joriy qilish

🔴Raqobat yo'q joyda o'sish bo'lmaydi. Maktabda raqobatni kuchaytirish, bilimi va o'z xulq-atvori yaxshi bo'lgan o'quvchilarni rag'batlantirish. Sinflar miqyosida ham shu eng yaxshi sinflarni rag'batlantirish.

🔴Katta-ko'pchilik chet elning top universitetlariga topshirmoqchi, lekin ularga hujjat to'g'irlashda portfolio va boshqa muammolarga duch keladi. Ularga yechim topish va o'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob olish maqsadida chet elning top oliygohlarida o'qib yurgan talabalar bilan onlayn va oflayn suhbat o'tkazish.

🔴Inson nafaqat aqliy, jismonan ham o'sishi kerak. Buning uchun, albatta, sport bilan shug'illanish kerak. Shuning uchun maktabimizda har chorak futbol, voleybol, stol tennis kabi sport turlaridan musobaqalarni tashkil qilish.

🔴Agentlik maktablari o'rtasida "networking" ni yaxshilash. Ular bilan turli xil contest va sport musobaqalarni tashkil qilish, fikr-mulohaza almashish va hamkorlikni yo'lga qo'yish.

🔴Maslahatsiz biron bir ishni qilish qiyin. Shuning uchun muvaffaqiyatga erishgan insonlarni maktabimizga taklif qilish va turli xil tadbirlarni yo'lga qo'yish

🔴Maktabimizda kibersport yo'nalishi bo'yicha musobaqalar tashkil etish va PES, PUBG, CS 1.6, Brawl Stars turnirlarini tashkil qilish. Maktabimizning eng kuchli kibersport jamoasini shakllantirish.

🔵Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🟥YouTube
#Chet tilini bilish daraja testi

#FAXRIMIZ

#BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR

⚡️⚡️Maktabimiz o'quvchilari Chet tilini bilish daraja testida  sertfikarlarini qo'lga kiritmoqdalar.

📌Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10- sinf o‘quvchisi Sharipov Javohir  🏆  ingliz tilini bilish darajasidan C1 darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.

🔱  O'quvchimizni kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#saylov
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

🧑‍💻Men, Sabirova Maftuna Bahodirovna,  Urganch shahar 1-son IMI ning 9-03 sinf o'quvchisiman va  maktab prezidenti lavozimiga o’z nomzodimni taklif qilaman.

O’zimda mujassam bo’lgan  xislatlar :

✔️Liderlik :
Men, yoshligimdanoq o'zimda liderlik qobiliyatimni shakllantirib kelaman, hozirda maktabimizda "Yosh kitobxon" klubi sardori sifatida  maktabdoshlarimga dunyoraqarashlarini kengaytirishda badiiy mutolaaning foydasi  xususida kitobxonlikni targ'ib qilib kelmoqdaman

✔️Mas'uliyat borasida:
Men, har qanday mashaqqatlarni yengishni, barchaga yordam qo'lini uzatishni yoqtiraman. Menga qo'yilgan  har bir vazifani mas’uliyat bilan  bajaraman.

✔️Shaxsiy rivojlanish borasida:
Faoliyatim davomida yo'l qo'ygan xatolarimni to'g'ri anglab yetib, kamchilik va xato qilmaslikka harakat qilaman. Bunga erishishim uchun menga psixologik, motivatsion va badiiy asarlar yordam beradi

✔️Muloqot va tinglash :
Men  maktabimizdagi har bir o'quvchini tinglab, ulardagi muammolarini hal qilishga, bergan takliflarini amalga oshirish bo'yicha loyihalar tuzishni reja qilganman

Mening  maktab hayoti va tengqurlarimni qizg'in faoliyat va yaratuvchanlikka undash borasida  rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:

📶 Bor kuch va bilimini o'qishda orqada qolayotgan tengdoshlarimga yordam berishga sarflayman. Besh tashabbus doirasida o'quvchilarni sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida
1 oyda 2 marotaba turli xil sport musobaqalarini uyushtitish, maktab chempionlarini saralash.

📶 Maktabimiz nufuzini oshirishda tengdoshlarim orasida o'z ssenariylarim asosida barcha fanlar bilan uyg'unlashgan holda "Bilimlar bellashuvi" tashkil qilish

📶 "Yosh kitobxon" klubi sardori bo'lganligim tufayli maktabimiz o'quvchilari orasida kim ko'p kitob mutolaa qilish musobaqasi tashkil qilaman.

📶 She'rxonlik va bahr-u bayt tanlovlari e'lon qilaman

📶 Haftada 1 kun biologiya fanidan to'garak tashkil qilaman. To'garakda biologiyaga qiziqadigan o'quvchilar bilan birgalikda laboratoriya xonadagi barcha organoidlarni hamda turli xil mikroskoplarda ishlashni órgataman.

📶 Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida o'rta sinf o'quvchilari bilan ko'ngilochar va ma'naviy hordiq chiqaradigan shuningdek, milliy boy tariximizdan so'zlaydigan ko'hna muzeylarga va kutubxonalarga tashrif buyurish va shu asnoda volontyorlikni ham yuritish

📶 Har chorakda aniq, tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan kichik olimpiadalar joriy qilaman va albatta ,ularni o'tkazish to'g'risida fan ustozlari bilan maslahatlashaman.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#to'garak_jarayonlari

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida texnalogiya fani o'qituvchisi Sharifa Matkarimova tomonidan olib borilayotgan 5 ta muhim tashabbus doirasidagi to'garak jarayonidan lavhalar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram