Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
1.56K subscribers
10.6K photos
775 videos
51 files
3.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Urganch shahar 1-son IMI
#XUSHXABAR
#FAXRIMIZ

📣Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11.03-sinf o'quvchisi Jumanazarova Dinora AQSH universitetlaridan talabalikga qabul qilinishda davom etmoqda.
Jumladan:

🏫  XAVIER Universiteti (AQSH)
🏫DUQUESNE Universiteti (AQSH)
🏫 MISSOURI UniversitetI "College of Art and Science" bo'limining Iqtisodiyot yo'nalishi(AQSH)
🏫 SUFFOLK Universiteti (AQSH)
🏫QUINNIPIAC (AQSH)

📌Shuni ta'kidlab o'tish joizki, DINORA shu kungacha qabul qilingan Universitetlardan jami 268.000$ miqdorida grant yutib olgan.

🔘Ma'lumot uchun,  Dinora  ingliz tilini bilish darajasidan B2 (6.5 ball)  IELTS sohibasi bo'lgan hamda,

☑️ “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha  eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo’lib, 2022-yilning 16-23-dekabr kunlari ta’lim safarida Buyuk Britaniyada taxsil olib kelgan.

💫Dinora AQSHning boshqa nufuzli Universitetlaridan ham qabul xatlari olishda davom etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi _yil

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida YANGI YIL shukuhi🌲🎄🌲🌲🎄🌲🌲🌲🌲
Davlatimiz rahbari 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda Prezidentimiz 2026-yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “maktab – tuman – viloyat – respublika” bosqichida tanlovlar o‘tkazib, 5-8 sinf o‘quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o‘quvchilar bo‘lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fanlar majmuasi – 2024-2025-o‘quv yili uchun.pdf
782.1 KB
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun fanlar majmuasi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi oʻtkaziladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

▶️ 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tartiblangan holda joylashtirilgan bo‘lib, fanlar majmuasi bilan birga mos ta’lim yo‘nalishlari bilan ham tanishish mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'quvchilar davomati: Ota-onaga qanday javobgarlik bor?

«Milliy» telekanalining "Millar" dasturi ijodkorlari maktablardagi davomat mavzusida yaxshi lavha tayyorlashibdi. Bizningcha, bu videolavhadagi ma'lumotlarni barcha pedagog, o'quvchi va ota-onalar albatta ko'rib, bilib olishlari kerak.

Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_o'qituvchilarimiz_bor

🖍Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan fanlaridan ikki yillik ta’lim tizimi uchun ilk bor tanlov va buyurtma asosida yaratilgan 18 ta fandan 38 nomdagi darsliklar mualliflarini taqdirlandi.

🔶Ona tili va adabiyot fani bo’yicha  mualliflikda qatnashib, g’oliblikka erishgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali ona tili va adabiyot fani  o’qituvchisi, ustozimiz – Karimova Maxsuda Yusupboyevnaning yutuqlari uzluksiz ta’limda soha rivoji uchun ahamiyatli ekanligini e’tirof qilib, uning “Yoshlarda kommunikativlik va kreativlikni oshirishda foydali mutolaaning o’rni” mavzusidagi uslubiy qo’llanmasini yaratgani hamda maktab o’quvchilari bilan “Zavqli mutolaa”loyihasi ustida ish olib borayotgani haqida quvonch bilan ayta olamiz.

🎉 Ustoz va uning hamkasblarini tabriklaymiz.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐
#live

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “O‘quvchilar va yosh o‘qituvchilar forumi” hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokidagi “Vazir va yoshlar” uchrashuvi boshlandi.

❗️Unda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ilm-fan, ta’lim, sport, madaniyat hamda sohaning eng yetuk yosh pedagoglari ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Vazir Hilola Umarova tizimdagi faol va yosh o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashdi

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning tizimdagi yosh pedagoglar hamda iqtidorli o‘quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan qator savollar, jumladan:

yoshlarning vazir bo‘lish uchun inson qanday xislatlarga ega bo‘lish kerakligi;
soha rahbari sifatida tizimda qanday o‘zgarishlarni amalga oshirgani;
kelgusi yilga mo‘ljallangan rejalarning eng muhim uchtasi qaysilar ekanligi;
joriy yilda amaliyotga joriy etilgan yangi baholash tizimining o‘ziga xos jihatlari;
maktab bitiruv baholarining oliy o‘quv yurtlariga kirishdagi ta’siri
to‘g‘risidagi ko‘plab savollarga batafsil javob berib o‘tdi.

👏 Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faol o‘qituvchi va o‘quvchilari, qator musobaqa va turnirlar g‘oliblari vazirlikning maxsus diplomi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Ma'lumot uchun: Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri hamda vazir o‘rinbosarlariga biriktirilgan Toshkent shahridagi 41 nafar, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 146 nafar yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda yoshlarning ko‘plab muammolariga ijobiy yechim topilgan.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1403

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM