Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#jarayon
#robocoding
🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!
🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.
🔺 Xorazm viloyatidagi jarayonlar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 22 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.
📸 Jarayondan fotoreportaj
🚀 Jamoalarga omad tilab qolamiz!
🌐Telegram | Facebook

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Xushxabar
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta KUMUSH va 2 ta BRONZA medallarini qo‘lga kiritdi!
📆 Shu yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o‘quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Shuni alohida qayd etish joizki, xalqaro olimpiadaning amaliy bosqichi jamoaviy tarzda o‘tkazildi, unda o‘quvchilarimiz eng yaxshi natija qayt etgan davlatlar qatoridan joy oldi!
📝 Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:
🥈 Javohir Mamadaliyev – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi – KUMUSH medal;
🥈 Daler Raximov – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi – KUMUSH medal;
🥈 Murodbek Yuldashev – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi – KUMUSH medal;
🥉 Nursulton Ashiraliyev – Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi – BRONZA medal;
🥉 Azizbek Erkinov – Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi – BRONZA medal.
📈 19-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 4 ta BRONZA medali qo‘lga kiritilgan edi.
💫 Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham yoshlarimizga omad tilab qolamiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Madhiya_31_yilligi
10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.
Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.
Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.
Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!
Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!
Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor
🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!
📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
✅ Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.
🎼 Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!
🗺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Yangiliklar 24 | 10 dekabr — Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
#10dec #uzbekiston24
🗺
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yangiliklar 24 | 10 dekabr — Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
#10dec #uzbekiston24
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Bilimni baholash agentligi
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
“Тезроқ қарор қабул қилишимиз керак” – Саида Мирзиёева алифбо ислоҳини ортга сурмаслик ҳақида гапирди
Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева алифбони ислоҳ қилиш бўйича бўлаётган баҳс-мунозаларни тўхтатиш ҳақида гапирди. “Гап Ватан ва миллат номини тўғри ёзиш ҳақида кетар экан, бундай баҳс ва тортишувларни бас қилишимиз, алифбодаги айрим ўзгаришларни жорий этишимиз ва шу билан алифбо масаласига қатъий нуқта қўйишимиз зарур деб ҳисоблайман”, – деди Мирзиёева.
👉 https://kun.uz/37262174
Kun.uz расмий канали
Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева алифбони ислоҳ қилиш бўйича бўлаётган баҳс-мунозаларни тўхтатиш ҳақида гапирди. “Гап Ватан ва миллат номини тўғри ёзиш ҳақида кетар экан, бундай баҳс ва тортишувларни бас қилишимиз, алифбодаги айрим ўзгаришларни жорий этишимиз ва шу билан алифбо масаласига қатъий нуқта қўйишимиз зарур деб ҳисоблайман”, – деди Мирзиёева.
👉 https://kun.uz/37262174
Kun.uz расмий канали
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hamid_Olimjon_tavalludining_114_yilligi
🗺 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida XX-asr o‘zbek she’riyati darg‘alarining tom ma’nodagi ustozi, zabardast shoir Hamid Olimjonning 114 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
📝 Unda professor Usmonjon Qosimov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i Iqboloy Umarova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari Mehribon Abdurahmonova shoir ijodi va hayot yo‘li haqida ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
✅ Tadbirda baxt va shodlik kuychisi — Hamid Olimjonning "Jangchi Tursun" balladasidan "Ona monologi" sahnaviy ko‘rinishi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raisa Abdullayeva va o‘quvchilar tomonidan namoyish etildi.
⚡️ O‘quvchilar mohir isteʼdod sohibi Hamid Olimjonning she’rlaridan namunalar aytishdi.
🗣 Tadbir so‘ngida "Barhayot jilolar" ijodiy ishlar tanlovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Faxrimiz
BUXOROLIK 4-SINF O‘QUVCHISI KOREYS TILINI BILISH DARAJASINI BAHOLOVCHI XALQARO SERTIFIKATNI QO‘LGA KIRITDI
Sevara Tursunova Buxoro shahridagi 19-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 4-sinfida tahsil oladi.
Barcha fanlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan bir qatorda darsdan so‘ng ingliz va koreys tillarini chuqur o‘zlashtirishga kirishgan bu tirishqoq qizaloq 10 yoshida koreys tilini bilish darajasini belgilovchi TOPIK 1 sertifikatini qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda u ingliz tilini bilish darajasini baholovchi IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Batafsil👉https://telegra.ph/bvmmtbuz-12-13-2
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: