This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ustozlar_kuni
#Urganch_1_IMI
📌 Agentlik tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Vaisova Gulchexraning mehnat faoliyati haqida:
➖ 2004-yilda Iyun-Avgust AQSh Washington, Kaliforniya shtati Chiko Universitetida malaka oshirgan
➖2005-yilda O'zbekiston Respublikasi "O'rta maxsus kasb hunar ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
➖2010 yil -pedagogik grantlar dasturi sovrindori
➖Xalqaro va mahalliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan
➖Bir qancha o'quvchilari shahar, viloyat ,respublika fan olimpiadalarida I, II,III oʻrinlarni egallaganlar
➖2014-yilda"Shuhrat" medali bilan taqdirlangan
➖ Xalqaro IELTS, APTIS C1 darajasidagi sertfikatlar egasi
➖2019-yildan oliy toifali ingliz tili fani oʻqituvchisi
➖Bir qancha o'quvchilari Milliy va IIELTS sertifikatlarini qo'lga kiritganlar
🌐 Telegram | Facebook

👍20
# Bayram_muborak_aziz_ustozlar
🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
1-oktabr - "Ustoz va murabbiylar" kuni keng nishonlandi.
🌸 Bayram munosabati bilan o'quvchilar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
📝 Tadbirni tashkil etishda ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilari , 5-01va 5-02 sinf rahbarlari yaqindan yordam berdilar.
✍️ Tadbirda 5-01 sinf hamda 5-02 sinf o'quvchilari o'zlarining ustoz va murabbiylarga atalgan kuy va qo'shiqlari, sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdilar.
🌸🖍
📌Biz Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati pedagogik jamoasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni ulug' ayyom kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram

👍10
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!
Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.
Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.
Muhtaram muallimlar!
Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.
Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.
Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.
Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!
Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!
Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!
Ehtirom bilan,
Hilola Umarova

👍6
Aссалому алайкум, азиз устозлар ва қадрли ҳамкасблар!
Барчангизни бугунги қутлуғ ва шарафли байрам билан чин қалбимдан, самимий муборакбод этаман! Илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, ҳаёт дарсидан берган сабоғингиз доимо эъзоз топсин! Устозликдек масъулиятли касбнинг барча заҳматларини матонат билан енгиб, келажак авлодга етук таълим- тарбия беришда улкан зафарлар тилайман. Зеро, мақсадимиз буюк, халқимизнинг бизга ишончи катта. Aна шу ишончни оқлаш йўлида барчангизга куч- қувват тилайман. Илм нури билан фарзандларимиз қалбига олиб кирган зиёдан бутун олам, келажагимиз нурафшон бўлсин! Қадрингиз тоғлардан улуғвор, меҳрингиз уммон қадар чексиз, илмингиз осмон қадар сарҳадсиз бўлсин! Элнинг назарида, шогирдлар ардоғида бўлишликдек бахт доимий ҳамроҳ бўлсин!
Сизларга ҳурмат ва эҳтиром билан Ғуломжон Ахмедов.

👍8👏2