Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
1.55K subscribers
10.9K photos
795 videos
51 files
3.22K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI SHAHRIXON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️ Ochilish marosimida ko'p yillar davomida o'quvchilarga ta'lim bergan faxriy ustoz O‘zbekiston qahramoni Kamoliddin G'offurov, Shahrixon tuman hokimining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, Shahrixon tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi mudiri ishtirok etdilar.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

🟢 Bu taʼlim dargohiga Andijon viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishga qabul qilindi.

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabdagi 456 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish maqsadida 43 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#World_bank

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi.

❗️ Uchrashuvda tomonlar:

professional ta’lim tizimini rivojlantirish,
o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida birgalikda loyihalarni davom ettirish hamda
istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
# Yod_kuni


⚡️Xabaringiz bor har chorshanba Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlarida "CHORSHANBA- BOLALARGA YOD PEREPARATINI UMUMIY ICHIRISH KUNI" etib belgilangandi.

⚡️ Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida ta'lim olayotgan 15 yoshgacha bo'lgan o'quvchilariga maktab hamshirasi tomonidan  yod pereparati ichirildi.

🔰Bolalarda yod yetishmasligi xotira pasayish, e'tiborni sustligi , boshqalar bilan muloqot qilishni qiyinlashuvi, darslarni yaxshi o'zlashtirmaslikka  olib keladi.

🔸🔸Ma'lumot o'rnida Maktabgacha va maktab ta'limi Vazirligi hamda Sog'liqni saqlash Vazirligining 2023-yil 23 -avgustdagi  qo'shma qaroriga asosan bolalarda yod tanqisligini oldini olishga qaratilgan yo'riqnoma tasdiqlangan edi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 18-19-sentabr kunlari IB (International Baccalaureate) dasturi yuzasidan seminar-treninglar boʻlib oʻtdi. Unda Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Mazkur seminar-treningdan koʻzlangan maqsad IB dasturi, uning afzalliklari hamda dasturda nazarda tutilgan yoʻnalishlar haqida maʼlumot berishdan iborat.

❗️Ta'kidlash lozim, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti o'rtasida shartnoma imzolangan.

Ushbu dastur o‘quvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki o‘quvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil o‘rganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. O‘quvchilar turli xil ma'lumot manbalari bilan ishlashni o'rganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

🗣IB (International Baccalaureate) - Xalqaro bakalavriat tashkiloti nodavlat ta'lim tashkiloti hisoblanib, shtab-kvartirasi Jeneva shahrida joylashgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM