IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.29K subscribers
9.07K photos
693 videos
51 files
2.8K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati amaliyotchi psixologi L.Atajanova maktabga yangi qabul qilingan 7-sinf o'quvchilari bilan ijtimoiy psixologik so'rovnoma o'tkazdi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#ixtisoslashtirilgan_maktab

#ota_onalar_yig'ilishi

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2023-2024 o'quv yili boshlanishi munosabati bilan ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi.

⚡️Yig'ilishda ixtisoslashtirilgan maktablar tizimidagi yangiliklar, odob-axloq qoidalari , o'quvchilar iqtidorini qo'llab quvvatlash bo'yicha yangi loyihalar kabi masalalar ko'rib chiqildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#XUSHHABAR

#FAXRIMIZ

#BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR

📌Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-02 - sinf o‘quvchisi Xudayberganova Mashhura  🏆  IELTS dan 8 ball  natijani qo'lga kiritdi.

🔱 Bu yutuq bilan barcha maktab jamoasini tabriklab, o'quvchimizni kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
⚡️“Bilim uchun 100 million” loyihasining yangi mavsumiga start berildi

Oʻtgan yili 250 mingdan ortiq bilimdonlarni qamrab olgan “Bilim uchun 100 million” loyihasining 2023-yilgi mavsumi boshlandi.

1-bosqich 12 ta tur asosida 1-dekabrga qadar onlayn shaklda oʻtkaziladi. Ishtirokchilar har hafta yangi tur savollarini ishlab, ball yigʻib boradilar.

Onlayn bosqichda eng koʻp ball toʻplagan 100 nafar ishtirokchi 2-bosqichda — finalda ishtirok etadi va gʻolib 100 million soʻm, 99 nafar finalchi esa 1 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Hoziroq roʻyxatdan oʻtib, ishtirok etishni boshlang! Qatnashish uchun: @bilimtestbot

@alisher_sadullaev
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Сambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish jarayoni davom etmoqda

⚡️AGENTLIK TARJIMONLAR VA KIMYO, BIOLOGIYA, FIZIKA FANLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVINI EʼLON QILADI

📝NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishda ochiqlik, kreativ fikrlash.

🗂 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka).

📭 Hujjatlarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz lozim.

📆 HUJJATLAR 2023-YIL 29-SENTABRGA QADAR QABUL QILINADI.

☎️ Murojaat uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 271)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Speech_time
#Ertalabki_saflanish
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida 2023-2024- o'quv yili boshlanganligi munosabati bilan  ertalabki saflanish o‘tkazildi. Dastlab, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar Davlat madhiyasini faxr va iftixor bilan kuylashdi.

📌🖍
Saflanish davomida maktab direktori  pedagog-o‘qituvchilar va o'quvchilarni o'quv yilining ilk haftasida  erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi.

📚Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari o'quvchilarga maktab ichki odob -axloq qoidalarini tushuntirib o'tdi.

⚡️Shundan so'ng, maktab direktori G'.Axmedov IELTS va SAT sertfikatlarini qo'lga kiritgan  o'quvchilarni tabriklab, kelgusi o'qishlarida muvafaqiyat tiladi.

📌
O‘quvchilarimizga yangi o'quv yilida  omad va zafarlar tilab, yutuqlar ko'payishiga ishonch bildiramiz.


Bizni kuzatishda davom eting:👇

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram