Forwarded from Hilola Umarova
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangilangan Respublika bolalar kutubxonasini бориб кўрди
Prezident sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, kitob o‘qiyotgan va chet tillarini o‘rganayotgan bolalar bilan muloqotda bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari kutubxonani maktablar bilan samarali bog‘lab, 180 ming kitob fondidan ularni bahramand qilish, bu yerga ko‘proq yoshlarni jalb etish zarurligini ta’kidladi.
Kutubxonaga avtotransport ajratish, yangi kitoblar sotib olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Ёш раҳбарларнинг йиллик Топ-40 рейтинги янгиланди
“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати Ижтимоий ва иқтисодий ташаббуслар институти билан ҳамкорликда 2019 йилдан буён Ўзбекистоннинг 40 ёшгача бўлган истиқболли ёш раҳбар кадрлари рейтингини эълон қилиб келмоқда.
Ўтган вақт мобайнида рейтингга 100 нафарга яқин давлат хизматчиси киритилди. Эътиборлиси, уларнинг 15 фоизи вазир ва вазир ўринбосари лавозимига кўтарилди, камида 10 фоизи Президент Администрациясида масъул лавозимларда фаолият юритмоқда, 50 фоизга яқини мансаб пиллапояларида сезиларли ўсишга эришган.
Бу йилги рейтингнинг фарқли жиҳати шундаки, раҳбарлар рўйхатига нафақат давлат хизматчилари, балки нодавлат сектор вакиллари ҳам киритилди.

Forwarded from Севара Жуманиязова Khorezm
#trening
"Yangi baholash tizimi" bo'yicha Xorazm viloyati Urganch tumani 15-son umumiy o'rta ta'lim maktabida 30.08.2023-sanada seminar trening tashkil qilindi.
📎Treningda yangi baholash tizimi, 4K modeli, ana'naviy baholashning imkoniyat va kamchiliklari,
formativ va summativ baholash mezonlari bo'yicha maktab o'qituvchilarga batafsil tushuntirildi.
⚡️Trening savol-javoblarga boy bo'ldi.
‼️ Tashkil qilingan seminar treningni Agentlik tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining trener o'qituvchilari Jumaniyozova Sevara va Atajonov Xamidullo o'tkazdilar.
🗓 Trenerlar tomonidan savollarga javob berish, maslahat va yo'l-yo'riq ko'rsatib borish maqsadida maktabning mas'ul o'qituvchilari va trenerlarni birlashtirgan telegram guruhi ochildi.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

(1-31-avgust, 2023-yil)
➖ Yangiliklar 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi haqida lavha
➖ Yangi davr | Namangandagi o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichidan reportaj.
➖ Axborot 24 | Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi
➖ Yangi davr | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi
➖ Новости 24 | Проходит второй этап вступительных экзаменов в Президентские школы
➖ Maxsus reportaj | O‘zbekistonlik o‘quvchilar jahonni zabt etmoqda
➖ Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Markaziy studiya | Dilmurodov Sohibjon 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) bronza medalini qo‘lga kiritdi
➖ Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Yangi davr | "Yangi O‘zbekiston" universitetida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
➖ Fakt 24 | Prezident maktablari: Zamonaviy metodik va katta imkoniyatlar
➖ Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Fakt 24 | Dunyoning top universitetlaridan 2,4 million dollarlik grant yutgan Prezident maktabi o‘quvchisi
➖ Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
➖ Maxsus reportaj | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Reportyor | Prezident maktablarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar soni yil sayin ortmoqda
➖ Yangiliklar 24 | Prezident maktabi – imkoniyatlar maskani
➖ Yangiliklar24 | Pedagoglar uchun o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma
Aziz hamyurtlar!
Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.
Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.
O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.
O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.
Qadrli va fidoyi hamkasblar!
Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

#Mustaqillik_32_yil
Aziz yurtdoshlar, hurmatli ota-onalar!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.
1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir. Bu kun har bir millatdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi.
Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog'liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!
Hurmat ila,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Xorazm viloyati IIB YHXB murojaati
________________
Янги ўқув йили бошланиши муносабати билан Хоразм вилояти ИИБ ЙҲХБ мурожаати
________________
Янги ўқув йили бошланиши муносабати билан Хоразм вилояти ИИБ ЙҲХБ мурожаати
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.
So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.
Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.
Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.
Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.
Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!
Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.
Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!
Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri