IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.52K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Zamin Foundation
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida ochilgan "Zamin Creative" ijod studiyasiga tashrif buyurdi.
Yangi studiyaning tavallud kuniga bag‘ishlab Toshkentdagi "Zamin Creative" ishtirokchilari o‘ziga xos ijodiy "sovg‘a"larini tayyorlab keldilar. Yaqinda bu yerda sayyor mahorat saboqlari o‘tkazilgan edi. Ulardan ilhomlanib, bolalar o‘zlarining ilk ishlarini namoyish etdilar.
Nukusdagi ijod studiyasi uchta soha: media, dizayn va teatr san’atini qamrab oladi. Bu joy odamlar inklyuziv muhitda, professional pedagoglar rahbarligida o‘z ijodiy salohiyatini kashf etishlari mumkin bo‘lgan noyob maskandir.
__

Зироат Мирзиёева посетила инклюзивную творческую студию Zamin Creative, открывшуюся в Нукусе в творческой школе имени Ибройима Юсупова.
На день рождения новой студии, подготовив свои небольшие творческие «подарки», приехали участники Zamin Creative из Ташкента. А так как совсем недавно здесь прошёл выездной мастер-класс, вдохновленные ребята тоже представили свои первые работы.
Творческая студия в Нукусе объединяет три творческие сферы: медиа, дизайн и театральное искусство. Это уникальное место, где люди в инклюзивной среде смогут раскрыть свой творческий потенциал под руководством профессиональных педагогов.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tabriklaymiz

⚡️Bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari
Abdullayev Sarvar Xudoyorovichning tug'ilgan kuni
!

Shu munosabat bilan Sarvar Xudoyorovichni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ko'p yillar davomida ta'lim sohasida fidokorona mehnat qilib, uning rivojida o'z hissasini qo'shib kelayotgan Ustozga yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo'lidagi vazifalarni bajarishda, ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda kuch-quvvat tilaymiz.

Doimo e'tiborli rahbar va o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'yadigan inson bo'lib qolishini, hayot yo'llarida muvaffaqiyatlar va quvonchli damlar ko'p bo'lishini tilaymiz.
Mustahkam sog'liq va cheksiz baxt, oilaviy totuvlik va qut-baraka, yaxshilar va yaxshiliklar doimo hamroh bo'lsin!
#Sinov_test

🔰Ayni damda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi bilim va malakalarni baholash sho‘basi bilan hamkorlikda maktab-internatning bitkazuvchi sinflaridan diagnostik testlar olinmoqda.


📌📌Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirishdan oldin o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish va mavjud bo‘shliqlar ustida ishlashdir.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram