IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.52K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#tanlov

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi 
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida
📚📚"Yosh kitobxon" tanlovining 2-kuni boʻlib oʻtdi.

👭👬Bugun 7-8-sinflar oʻrtasida
"Atom odatlar" va
"Mehrobdan chayon" , "Alvido, bolalik" asari boʻyicha tanlov oʻtkazildi.

📕📗📘Tanlov 2 shartdan iborat boʻlib,
1-shartda "Atom odatlar" asari boʻyicha kitobxonlar taqdimot qilishdi.

2-shart " Mehrobdan chayoni", "Alvido bolalik", asari boʻyicha savol- javob oʻtkazildi.

Umumiy natijalar:
🥇-oʻrin 8-01 sinf oʻquvchisi Allanazarova Madina

🥈-oʻrin 7-01 sinf oʻquvchisi
Ibadullayeva Shoxida


🥉-oʻrin 7-02 sinf oʻquvchisi
Xajiboyev Javoxr

"Yosh kitobxon" tanlovi davom etadi.
9-10 sinflardan qatnashadigan oʻquvchilarga OMAD TILAB QOLAMIZ.

📚📚📚"BUGUN BITTTA KITOB OʻQIGAN BOLA,
ERTAGA TELEVIZOR KOʻRAYOTGAN OʻNTA BOLANI BOSHQARISHI MUMKIN"📚📚📚📚

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Forwarded from Sardor Bazarbaev
#DIQQAT_EʼLON📣

⚡️⚡️ KHISO CHESSda uzoq kutilgan MASTER-KLASS!

🥇 44-Olimpiada chempioni Grossmeyster Nodirbek Yakubboyev 2-aprel kuni KHISO CHESS o'quvchilari uchun master-klass o'tkazadi!

Aziz o'quvchilar, sizlarda mamlakatimizning eng kuchli grossmeysterlaridan birini hayron qoldirish imkoniyati bor! Bundan, albatta, foydalaning!

https://t.iss.one/khiso_chess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buyuk allomalar izidan” respublika fan olimpiadasida qatnashing!

📣📣Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan Buyuk allomalar izidan nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

☑️ Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat. Har bir fan bo‘yicha final bosqichida g‘olib bo‘lgan bir nafardan mutloq g‘oliblarga 20 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorlar 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

🗓 Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

👉Batafsil

#olimpiada #buyuk_allomalar_izidan #fizika #kimyo

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Vazir Hilola Umarova xorazmlik 20 nafar faxriy o‘qituvchini "Xalq ta'limi fidoyisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi

Bugun Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xorazmlik o‘qituvchilar bilan uchrashdi.

✔️Unda Xiva shahar hokimi Temur Davletov va “O’zbekiston Qahramoni”, pedagog Anora Mahmudova ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z bordi.

Shuningdek, pedagog kadrlarning o'z ustida ishlashi uchun berilayotgan imkoniyatlar ham alohida ta'kidlandi.

⚡️Bundan tashqari, uchrashuvda o‘qituvchilarning soha yuzasidan fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Uchrashuv so‘nggida viloyatda faoliyat yuritayotgan 20 nafar faxriy hamda fidoyi ustozlar “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
_
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xorazm viloyatida 555 ta maktab va 1735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 358 ming o‘quvchi va 121 ming tarbiyalanuvchi tahsil olmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2⃣-aprel - “Xalqaro bolalar kitoblari kuni”

➡️Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People — IBBY) tashabbusi bilan 1967-yildan buyon har yili 2-aprelda Hans Kristian Andersenning tug‘ilgan kunida bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish va e’tiborni jalb qilish maqsadida Xalqaro bolalar kitoblari kuni nishonlanadi.

📑IBBY Nizomiga muvofiq har bir davlatda Milliy sho‘ba tashkil etilishi mumkin, uning asosiy maqsadi — bolalar va yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat.

📂2022-yil yanvar oyidan boshlab AOKA tashabbusi bilan IBBYda O‘zbekiston Respublikasining Milliy sho‘basi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu sho‘ba tarkibida Respublika bolalar kutubxonasi ham bor.

📚
Qadrli ota-onalar, muhtaram Ustozlar! Bugun, ushbu kun munosabati bilan bolalarga kitob sovg‘a qilib, ularga ma’naviyat ulashishda o‘z hissangizni qo‘shing!

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_Konstitutsiya

📌 Fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqli.

📃
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 48-moddasida qayd etilishicha,

“O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli”.

[O'Z] [ЎЗ] [Qr] [RU]

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KONSTITUTSIYA MENIKI, SENIKI, BIZNIKI! KONSTITUTSIYA O'ZIMIZNIKI
02.04.2023

🇺🇿 Ogahiy ijod maktabida o‘tkazilgan tadbir tafsilotlari

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24