IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.31K subscribers
8.73K photos
685 videos
50 files
2.73K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#learning

Vocabulary time from English😊
#bilasizmi

💐💐💐22-mart - yurtimizda Mahalla tizimi xodimlari kuni.

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

📍Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

📍Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

📍Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

📍Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

📍Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

📍Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

📍Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

📍Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

📍Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

📍Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

📍Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

📍Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

📍Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🍀Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi topshiriqlarining baholanish tartibi.

Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.

Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10* 1,5+10*2,6=50).

‼️Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi topshiriqlari ishtirokchilarga bitta tilda yani ingliz tilida taqdim etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#learning

Vocabulary time from English🤓
#Vatan_boʻylab_sayohat

TA'TILNI MAZMUNLI O'TKAZAMAN!

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-01, 5-02 sinf o'quvchilari sinf rahbarlari bilan birgalikda Ichon Qal'a bo'ylab sayohat qildilar.

📌🖍O'quvchilar ta'til payti vaqtlarini mazmunli o'tkazish va chet ellik sayyohlar bilan suhbatlashish maqsadida  Xiva shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar.

📝Ma'lumot o'rnida:
Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan Xiva asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir.  Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi.

⚜️⚜️⚜️
🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
Ассаламу алайкум

23- Март Рамазонниг 1- куни хаммамизга муборак булсин!

Хоразм вакти билан👇
Сахарликнинг охирги вакти соат 05- 32 гача.

05-32 дан утса сахарлик вакти тугайди.
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan respublikadagi barcha matematika va ingliz tili o'qituvchilari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

Mazkur treninglar Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida joylashgan jami 14 ta Prezident maktablarida o'tkazilmoqda.

Suratda Nukus, Toshkent, Buxoro va Guliston shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Vatan_boʻylab_sayohat

TA'TILNI MAZMUNLI O'TKAZAMAN!

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-02, 10-03 sinf o'quvchilari sinf rahbarlari va tarix fani ustozlari bilan birgalikda Ichon Qal'a bo'ylab sayohat qildilar.

📌🖍O'quvchilar ta'til payti vaqtlarini mazmunli o'tkazish va chet ellik sayyohlar bilan suhbatlashish maqsadida  Xiva shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar.


⚜️⚜️⚜️
🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube