Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.57K subscribers
11.5K photos
819 videos
52 files
3.39K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#tabrik

Bolalar varragi hayolni olgan,
Bodom gullaridan quvonadi ko'z.
Dillardan mutlaqo g'ubor yo'qolgan,
Hush kelding bahor, hush kelding NAVROʻZ!!!

🇺🇿💐💐💐Assalomu alaykum Qadrdonlarim!!! Sizlarni yurtimizning yangilanish fasli bahor va "Navroʻz" ayyomi bilan Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi nomidan chin dildan qutlaymiz! Ushbu kunda sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin!!! Har oningiz va har kuningiz NAVROʻZ bo'lsin!!!

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Aziz yurtdoshlar!

Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrki, ziynati boʻlib kelayotgan, barchamiz sogʻinib kutgan Navroʻzi olamning qadami qutlug' kelsin..

Qalbimizga cheksiz quvonch va zavq bagʻishlaydigan mana shu xosiyatli bayramimiz bilan Sizni chin dildan muborakbod etaman!

Hayotingiz bahor tongidek tiniq va farovon boʻlsin!

Sharqona Yangi yilimiz — Navroʻzi olam barchamizga xayrli va barakali kelsin!

**Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova**
#Amazing biology

These are insects and not plants!

PS: Suratda ko'rib turganingiz barg yoki daraxt novdasi emas, bular haqiqiy, tirik hashorotlar! Va ularni tabiat aynan shunday go'zal bir tarzda yaratgan☺️

https://t.iss.one/Urganch_IMI
#Qiziqarli biologiya

Ko‘pchilik erta bahorda yer chopayotganda yoki yomg‘irdan keyin yer yuziga chiqib qoladigan yomg‘ir chuvalchanglarini ko‘rgan. Ko‘pchilik yer chopish vaqtida ikkiga bo‘lingan chuvalchangning har ikki qismidan yangi chuvalchanglar hosil bo‘ladi deb ishonadi.

Aslida hammasi biz o‘ylaganchalik emas. Chuvalchangning ham bosh va dum tomonlari mavjud. Agar chuvalchang o‘rtasidan ikkiga bo‘linadigan bo‘lsa bosh tomoni o‘ziga yangi dum tomonni hosil qilib oladi, lekin dum tomoni odatda o‘ladi.
⚡️21-mart- Abdulla Oripov tavallud topgan kun

🟢 NAVRO‘Z

Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!

Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!

Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu'lalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, bahor keldi. Kelmoqda navro'z!

Abdulla Oripov

🌐 Telegram | Facebook
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbiriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurib, xalqimizni samimiy tabrikladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#bilasizmi

💐💐💐22-mart - yurtimizda Mahalla tizimi xodimlari kuni.

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi.

Joriy yilning 24-mart kuni Xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi, 25-mart kuni umumta’lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi respublikamizning barcha hududlarida tashkil etiladi.

Hududlarda olimpiada tashkil etiladigan manzillar bilan tanishing:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 21-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Nukus shahri, Darbent MFY, 22-mikrorayon;

📍Andijon viloyati - 25-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Asaka tumani, Nurafshon MFY, Guliston ko‘chasi, 2 uy;

📍Buxoro viloyati - 12-sonli IDUM. Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasi 5-uy;

📍Jizzax viloyati - 10-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, 5-uy;

📍Navoiy viloyati - 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Navoiy shahar Xoncharbog‘ mahallasi, Orzu ko‘chasi, 3-uy;

📍Namangan viloyati - 48-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Davlatobod tumani, To‘quvchi MFY, 27-A-uy;

📍Qashqadaryo viloyati 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi. Qarshi shahar, “Bunyodkor” MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 1/8-50-uy;

📍Samarqand viloyati 20-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Samarqand shahar, Tadbirkorlar mah., K.Begzod ko‘chasi, 2-uy;

📍Sirdaryo viloyati Barkamol avlod bolalar maktabi. Guliston shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy;

📍Surxondaryo viloyati 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Termiz shahar, Bog‘ishamol mahallasi, Farovon 2 mavze, 7-uy;

📍Toshkent viloyati 45-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Quyi Chirchiq tumani, Yilqichi MFY, Gulsaroy ko‘chasi;

📍Farg‘ona viloyati 4-sonli viloyat IDUMI. Farg‘ona shahar, Ibrat MFY, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 117-uy;

📍Xorazm viloyati 24-sonli IDUM. Urganch shahar, Al-Beruniy ko‘chasi 2a-uy;

📍Toshkent shahar 273-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 15-daha;

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM) (:))
🍀Al-Xorazmiy olimpiadasi hamda xalqaro iqtisod olimpiadasiga saralash bosqichi topshiriqlarining baholanish tartibi.

Olimpiadaning hududiy bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi.

Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi, keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi, qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10* 1,5+10*2,6=50).

‼️Xalqaro iqtisod olimpiadasi saralash bosqichi topshiriqlari ishtirokchilarga bitta tilda yani ingliz tilida taqdim etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Vatan_boʻylab_sayohat

TA'TILNI MAZMUNLI O'TKAZAMAN!

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-01, 5-02 sinf o'quvchilari sinf rahbarlari bilan birgalikda Ichon Qal'a bo'ylab sayohat qildilar.

📌🖍O'quvchilar ta'til payti vaqtlarini mazmunli o'tkazish va chet ellik sayyohlar bilan suhbatlashish maqsadida  Xiva shahrining tarixiy maskanlariga sayohat uyushtirdilar.

📝Ma'lumot o'rnida:
Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan Xiva asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir.  Xalq turmush tarzi va ma'naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi.

⚜️⚜️⚜️
🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube