IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.46K photos
675 videos
50 files
2.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Jarayon
#Choraklik_summativ_baholash

📌Ayni damda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ChSB (choraklik summativ baholash) jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

❇️ O'quvchilarning bir chorak davomida olgan bilimlarini nazoratdan o'tkazuvchi bu jarayonni nafaqat o'quvchilar, balki ustozlar va ota-onalar ham hayajon bilan kuzatmoqdalar.

🖍📌Jarayonlarni kuzatishda davom eting.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Заковат» клуби президенти Абдурасул Абдуллаев фуқароларни референдумга бефарқ бўлмасликка чақирди

У таълимга, илмга жиддий эътибор қаратилсагина жамият ривожланиши, муаммоларнинг ечимини фақат таълим ва илмда кўришини айтади.

👉 https://kun.uz/00168047

Kun.uz расмий канали
Hilola Umarova “Vazirga murojaat” portaliga qabul qilinayotgan murojaatlar va ularning yechimi haqida

Maktabgacha va maktab ta’limiga oid soha yetakchisi sifatida ish boshlagan ilk kunimdan ta’lim fidoyilari — o‘qituvchilar va pedagog xodimlarning bugungi muammolari va tizimni yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan qiziqdim. Va yuz minglab auditoriyaga ega bu ulkan jamoa bilan muloqot davrasini tashkil etish uchun “Vazirga murojaat” portalini ishlab chiqishni boshladik.

Maqsadimiz ezgu — mavjud muammolarni faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning o‘zlaridan kelib tushgan murojaat va takliflar orqali o‘rganib, keyingi faoliyat istiqbollarini belgilash.

Joriy yilning mart oyining ilk kunlarida ishga tushgan ushbu portalga (ilk 10 kunlik davomida) hozirga qadar 1200 dan ortiq murojaatlarni qabul qildik. Quvonarlisi, ushbu platformaga soha xodimlaridan tashqari yurtimizdagi har bir fuqaro — ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ta’limni rivojlantirishga doir o‘z takliflarini yuborishmoqda. Va bu murojaatlarning har biri chuqur tahlil qilinib, manzilli o‘rganilmoqda.

Dastlabki xulosalarimiz va tahlillarimizni sizlar bilan bo‘lishsam:

Ayni vaqtda murojaatlarning soni bo‘yicha Toshkent shahri, Qashqadaryo hamda Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Murojaatlarning:

21 foizdan ortig‘i ta’lim tizimi bo‘yicha takliflar;
12 foizi ish haqi, ustamalar;
7 foizi malaka toifasi uchun attestatsiya hamda sertifikatsiyalash;
9 foizi maktablarning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.

Eng achinarli jihati, murojaatlarda hududlardagi rahbar kadrlar faoliyatiga doir norozilik, maktablardagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq masalalar ham talaygina.

Bilamizki, sohadagi eng ko‘p tanqidlar ta’lim muassasalaridagi nosog‘lom muhit bilan bog‘liq, shu bois vazirlikning birinchi galdagi vazifasi va maqsadi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishdan iboratdir.

Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bola xavfsiz va sog‘lom muhitdagina sifatli ta’lim ololadi. Bu muhitni yaratish esa zamonaviy rahbar va malakali o‘qituvchilar qo‘lida. Shunday ekan, yangi vazirlik tizimidagi ta’lim tashkilotlariga zamonga moslasha oladigan, sohada innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy kadrlarni tayinlash bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Shu o‘rinda maktablar infratuzilmasiga oid ko‘pgina so‘rovlarga ham javob berib o‘tsam. 2023-yilda yurtimizda:

57 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
24 ta maktab;
6 ta ixtisoslashtirilgan maktab binolari yangidan quriladi.

111 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
206 ta umumta’lim maktablari
3 ta ixtisoslashtirilgan maktablar rekonstruksiya qilinadi.

2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti;
9 ta maktabning bino va inshootlari mukammal ta’mirlanadi.

Bu faqat aniq rejalarimiz. Ammo yil davomida bog‘chalardagi tarbiyalanuvchi va maktablardagi o‘quvchi o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ustida ishlar davom etmoqda.

“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushayotgan taklif va murojaatlar bizni quvontirmoqda. Buning uchun ustozlarimiz, ota-onalarimiz va faol jamoatchilik vakillariga ta’lim sifatini yanada oshirishga doir kuyunchaklik bilan bildirayotgan takliflari uchun minnatdorlik bildiramiz va ularni albatta inobatga olishimizni aytib o‘tishni istardim.

Shuningdek mazkur portalga kelib tushayotgan eng aktual savollarga vazirligimiz tomonidan javoblar tayyorlanib, videobayonot tarzida berib borilishi yo‘lga qo‘yilganini ham aytib o‘tmoqchi edim.

Portalga murojaatlar qabuli davom etadi, ushbu manzil orqali o‘z takliflaringizni yuborishingiz mumkin.
#Speech_time
#Ertalabki_saflanish
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida Navro'z- umumxalq bayrami oldidan 3-chorak yakuni bo'yicha ertalabki saflanish o‘tkazildi. Dastlab, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar Davlat madhiyasini faxr va iftixor bilan kuylashdi.

📌🖍
Saflanish davomida maktab direktori pedagog-o‘qituvchilar va o'quvchilarni Navro'z bayrami bilan tabriklab, oilalariga sog'lik- salomatlik tiladi. O‘quvchilarga IV chorak davomida yanada chuqurroq bilimlarga ega bo‘lishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

📚Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari o'quvchilarga ta'til payti bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida gapirib, ta'til payti maktabda ijodiy to'garaklar bo'lishi haqida tushuntirdi.

📌O‘quvchilarimizga yangi chorakda omad va zafarlar tilab qolamiz!


Bizni kuzatishda davom eting:
👇
🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Fan olimpiadalari (:))
📢 Onlayn olimpiadalar davom etmoqda.

🔶 Bugun 9-sinf o‘quvchilari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari mumkin.

🔶 Onlayn olimpiadalarda ishtirok eting va o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazing.

🔶 Joriy yilning 14-19-mart kunlari 📗Matematika, 📘Fizika, 📔Kimyo, 📕Biologiya va 📙Ingliz tili fanlaridan onlayn olimpiadalar tashkil etiladi.

💠 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

‼️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲👉@olimpdep
# ochiq_dars
#ixtisoslashtirilgan_maktab

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internatining geografiya fani o‘qituvchisi Muyassar Nurmetova 9-03 sinf o'quvchilariga "Yaponiya" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

⚡️ Darsda o'quvchilar guruhlarga bo'linib ishladilar.

📌🖍Dars davomida o'quvchilar
Yaponiya haqida qiziqarli va yangi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube