IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.3K subscribers
8.91K photos
689 videos
51 files
2.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Iloji bo’lsa, bu xabarni ko’pchilikka yetkazing.

Telegramda shu kunlarda yangicha firibgarlik xabarlari tarqaldi. Sxema juda oddiy:

Sizga biror tanishingizdan qisqa xabar keladi. Mazmuni turlicha, masalan:

So’rovnomada qatnashayotgandim, sizning yordamingiz kerak;

Mahalladan pul beryapti ekan, o’zim oldim;

Men falon raqamdaman, menga ovoz bering va h.k.


Siz bunga ishonib, xabar tagidagi tugmani bosasiz. Ovoz berishingiz uchun profilga kirishingizni so’raydi. Raqamingizni yozasiz, keyin kelgan SMS-kodni ham kiritasiz. Shu bilan tamom! Telegram profilingizga begonalar buzib kiradi. Va maxsus botlar hamma do’stlaringizga sizning nomingizdan xabar yuboradi. Sizni bundan xabaringiz ham bo’lmaydi.

Tekin pul olaman degan xomxayol ortidan plastik karta raqamingizni kiritsangiz, unda hamma pullaringizni yechib olishadi.

‼️Qayta va yana qayta ta’kidlaymiz:

duch kelgan xabarga ishonavermang, shubhali linklarni ochib ko’rmang, tekin pul desa yugurib ketavermang, telefon raqamingizni har qayoqda yozib qoldirmang, SMS-kodni hammaga aytavermang yoki shubhali joylarga kiritmang, o’zingizni ehtiyot qilishga o’rganing, sodda bo'lmang!

https://t.iss.one/Urganch_IMI
#bu qiziq

Dunyodagi juda qadimiy qishloq Eronda joylashgan Meymand qishloqidir.

Meymand qishlog'i bundan 12 ming yil oldin bo'lgan deb ishoniladi. Qishloq aholisining ko'pchiligi qoyalar orasidan qo'lda qazilgan 350 ta uyda istiqomat qiladi. Ushbu uylarning ba'zilari 3000 yildan buyon saqlanib qolgan.

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент ўқитувчиларнинг ойлигини 1000 долларга етказиш ҳақида: Келамиз шу кунларга, лекин муаллимлар ҳам ўз устида кўпроқ ишлашлари керак

Президент о доведении зарплаты учителей до 1000 долларов: Этот момент наступит, но и учителя должны усерднее работать над собой

Facebook|Instagram|Twitter
#Вазир_жамғармаси
#Buxoro_Qashqadaryo_Jizzax

🔴 Yurtimizning barcha hududlarida vazir jamg‘armasi uchun nomzod o‘qituvchilarning kasbiy mahorati baholanmoqda

Xabaringiz bor, ayni damda vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichiga start berilgan.

❗️Unda respublikamizning barcha hududlaridan jami 1722 nafar nomzod ishtirok etmoqda.

📍Jumladan, Qashqadaryo viloyatida saralash jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilib, unda jami 108 nafar pedagog o‘z bilimini sinovdan o'tkazmoqda.

Bundan tashqari, Buxoro viloyatida 178 nafar, Jizzax viloyatida esa 119 nafar ustozlar saralash jarayonlarining ikkinchi bosqichida faol qatnashishmoqda.

📆 Suhbat jarayonlari joriy yilning 18-martiga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#саломатлик_сирлари


Жигар — организм фильтри!
Жигар ҳақида сиз билмаган фактлар!

Жигар организмдаги энг катта без аъзо ҳисобланиб, ўртача катта одамларда 1,5 килограммни ташкил қилади.

Оғиз орқали тушган ҳар қандай егулик, ичимлик, дорилар ичаклардан веналарга сўрилиб, биринчи жигарга боради. У ерда егулик ва ичимликдаги токсинлар, зарарли моддалар зарарсиз моддаларга айланади ва умумий қон оқими бўйлаб бутун организмга тарқалади. Яна бир муҳим жиҳати шундаки, агар жигардаги ферментлар зарарли моддаларни парчалай олмаса жигарни ўзида ушланиб қолади ва тўпланади. Шунинг учун ҳам уни "фильтр аъзо" деб номлашади.

Олимлар жигарни фаолияти ва вазифаларини ўрганиб, қуйидаги хулосага келган: Жигарни битта ҳужайрасида бир сонияда уч мингдан ортиқ биокимёвий реакциялар содир бўлади. Агар биз ушбу реакцияларни лаборатория шароитида бажарсак, бизга катта шаҳардек лаборатория керак бўлади ва бир сониядаги уч мингдан ортиқ реакцияни қилишимиз учун минглаб мутахассислар иштирокида бир неча ойлаб ишлашга тўғри келади ва жуда кўп хатоликлар билан бажарамиз. 

Ажабо! Жигарни бир сонияда бажарадиган иши учун шунча техника, вақт, куч сарфланса-ю шундаям хатоликлар билан қилинса. 

Юқоридаги, жигарни бир дона ҳужайраси бажарадиган ишни тасаввур қилиб кўринг, кейин тафаккур қилинг!


©таомланиш илми

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Ta’limning kelajagi. Ko‘p pul topadigan kadr bo‘lish uchun STEM tizimida o‘qish muhimmi?

Butun dunyo raqamlashayotgan, sun’iy intellekt hayotimizga faol kirib kelayotgan davrda kelajakda ishsiz qolmaslik uchun qanday yo‘nalishda ta’lim olish kerak? Bolalarni qaysi fanlarga yo‘naltirish ularning yangi dunyoga bir bo‘lagi bo‘lishiga yordam bera oladi? Javob qiziq bo‘lsa, ushbu maqolani taklif qilamiz.

👉 https://kun.uz/uz/30186925
7 usul orqali testlarni to‘g‘ri ishlashni o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

1️⃣ Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

2️⃣ Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

3️⃣ Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

4️⃣ Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

5️⃣ “Chiqarib tashlash” usulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

6️⃣ “Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

7️⃣ Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.iss.one/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.iss.one/+HD_4cc5sqoozZGZi
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#ChSB_imtihonlari

Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quvchilardan ixtisoslik fanlari bo'yicha 3-chorak summativ baholash sinovlari o'tkazilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube