IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.6K photos
677 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#sinov_test
#Urganch_shahar_1-son_IMI

⚡️Bitiruvchi sinflarni OTM lariga kirishlarini ta'minlash hamda bilim darajalarini sinovdan o'tkazish maqsadida doimiy o'tkazilayotgan navbatdagi sinov testi o'tkazildi.

✅️ DTM namunasidagi testlar o'quvchilarda kirish imtihonlari jarayonlariga tayyorgaliklarini yanada oshirishga va o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishga yordam bermoqda.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇👇👇
🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#trening


🇺🇿Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida psixolog Laylo Otajanova 5-6-sinf o'quvchilari bilan " Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish" metodikasini o'tkazdi.

📌📌Maqsad: ikki qatordan iborat so'zlar qatorini esda olib qolish orqali mantiqiy va mexanik xotirani tadbiq etish.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👇👇

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
Forwarded from Hilola Umarova
Oʼzbekiston Qahramoni, taʼlim sohasi fidoyilaridan biri, jonkuyar pedagog, ustoz Muhabbat Sharopova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʼldim.

Toʼgʼrisini aytganda, ustozning 74 yoshda professor ilmiy unvonini olganliklari haqida eshitib hayratimni yashirolmadim. Bu fidoyi insonning yuragi hozir ham yoshlardek shijoat va kuch-gʼayratga toʼla ekanligidan havasim yanada ortdi. Shunday fidoyi ustozlarimiz bugun taʼlimning ustunlaridir.

Suhbat davomida ustozning 1985-yil Qashqadaryo viloyatida matematikaga ixtisoslashgan yagona sinf ochish uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, 6 oylab maosh olmay mehnat qilganini tinglab, sohaga doir bugungi islohotlarning negizini anglash qiyin emas.

Ixtisoslashgan maktablarning respublikamizning har bir tumanida tashkil etilayotgani, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan maktab taʼlimi va tizimni har tomonlama rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotganidan mamnun ekanligini aytganida biz toʼgʼri yoʼlda ekanligimizga yana bir bor amin boʼldim.

“Bugungi kun oʼqituvchilari uchun barcha sharoitlar bor. Biz eng kuchga toʼlgan vaqtimiz — yilning 3-sentabridan paxta terishga ketib, 9-dekabrda qaytar edik. Hozir oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʼrib, qaniydi 30-40 yoshimga qaytib qolsam”, — deydi Muhabbat Sharopova.

52 yildan beri oʼn minglab oʼquvchilarga taʼlim berib, ularning erishgan yutuqlari haqida quvonib gapirayotgan Muhabbat Sharopova qiyofasida haqiqiy ustoz siymosini koʼrdim. Va har bir ustoz oʼz ishini mana shunday sevishini, kasbi ortidan shunday gʼurur va iftixor bilan gapirishini istagan boʼlardim.

Ustoz bilan bugungi taʼlimdagi oʼzgarishlar haqida suhbatlashib, oldimizda turgan vazifalar borasida maslahat va tavsiyalarini oldim.
# memorandum

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maktab maslaxatchisi Sardor Masharipov 10-01 sinf o'quvchilari bilan " UzXCMG" ma'suliyati cheklangan jamiyat ko'rinishidagi qo'shma korxonaga tanishtiruv uyushtirdi.

⚡️O'quvchilar korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktab_hayoti

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internati faoliyatidan.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
📱Hurmatli kanalimiz obunachilari endilikda maktab-internatimiz faoliyati bilan bog'liq videolavhalarni youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin. Youtube kanalimizga obuna bo'ling.

👉
https://www.youtube.com/@urganch_imi1
👆👆👆👆👆👆👆
—————————————————

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube
#mutolaa

Kitob — sehrgar.
Kitob dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining mahsuli.
Kitobsiz olam-yovvoyi olamdir.

N.A.Morozov

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Audio
#Mutolaa

Hikoya: Qiymat bilmaganga mehnat sarflama
Asar nomi: Seni jannatda kutaman turk hikoyalari to‘plami
Matnni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati biologiya fani o'qituvchisi S.Jumaniyozova o‘qidi.

https://t.iss.one/Urganch_IMI
#bilib qo'ygan yaxshi

Yakshanba (forscha-tojikchadan yak — „bir“ va shanbashanba va dushanba orasidagi haftaning yettinchi va soʻnggi kunidir. Xalq ichida „bozor kuni“ deb ham yuritiladi.

Yakshanba-"bozor kuningiz" barokotlarga to'la bo'lsin va mazmunli o'tsin☺️

https://t.iss.one/Urganch_IMI