IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.3K subscribers
8.9K photos
688 videos
51 files
2.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur


⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobur ijodining jahon adabiyoti va madaniyati ravnaqiga qo'shgan hissasi" mavzusida viktorina o'tkazildi.

🇸🇱 Viktorinada maktabning 8-01-guruh "Yuksalish", 8-02-"Akobirlar" va 8-03-guruh "Bobur izdoshlari" jamoalari qatnashdi. Bellashuvda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, badiiy asarlari xususida qizg'in bahs-munozara o'tkazildi.

📌Bobur hayotiga oid rang-tasvir san'ati  bo'yicha ham tanlov o'tkazildi.Tadbirda"Bobur izdoshlari " guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

   📝 Ushbu  tadbir qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
#Uzluksiz_kasbiy_ta'lim


🌈Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizmidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi Vaisova Gulchehra Britaniya konsulligi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan "Future English Development" dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.

💥Ustozning keyingi ishlarida muvaqiyatlar tilaymiz!


🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
#ochiq_dars

#ixtisoslashtirilgan_maktab

Joriy yilning 14-fevral sanasida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ingliz tili fani o'qituvchisi Yakubova Dilnoza  5-01-sinfning 1-guruhida Environment.Energy sources and materials. mavzusida ochiq dars soati o'tkazdi.

🟢The teacher widely used variety of different methods, like CLIL method,a game using wordwall.com website.Pupils represented their presentations on the topic of the lesson.

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda vazir Hilola Umarova ham ishtirok etdi:

- Ajdodlarimizni bilish, ularni o'rganish o'tmishimizga va bugunimizga bo'lgan ehtirom hissini yanada oshiradi. Bugun taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan bir pallada Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbir mehmonlariga alohida kayfiyat baxsh etdi.

❗️Shuningdek, tadbir doirasida Navoiy va Bobur davrini o'zida aks ettirgan cholg'u asboblari, hunarmandchilik namunalari ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

⚡️Ko'rgazmada, shuningdek eski va zamonaviy maktabda ta'lim olish jarayonlari ham sahnalashtirilganligi mehmonlarda katta tаassurot qoldirdi.