IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.46K photos
675 videos
50 files
2.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, bu rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️ Do'stlar, yana bir quvonarli yangilik, endiIbrat farzandlari” loyihasining YouTube kanaliga obuna bo‘lib, Koreys, Yapon va Xitoy tillarini xohlagan paytingiz mutlaqo bepul o‘rganishingiz mumkin.

Albatta obuna bo’ling, farzandlaringiz va yaqinlaringiz bilan chet tillarini bepul o’rganing 👉 https://youtube.com/@ibratfarzandlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Лидерлар ҳафталиги» ўқув-семинари
#28jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Seminar_trening
#2_kun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Liderlar haftaligi” seminar -treninglarining 2-kunidan fotoreportaj.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

Xabaringiz bor, 28-29-yanvar kunlari Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglari o‘tkazildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar, shu jumladan, Xorazm viloyatidan 9 nafar xodimlar qatnashdilar.

📌 Keyingi haftada hududlarda ushbu o‘quvlar davom ettirilib, rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar umumta'lim maktablari direktorlari uchun tashkil qilinishi rejalashtirilgan.


🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | «Лидерлар ҳафталиги» ўқув-семинари
#29jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
DIQQAT DIQQAT

Koʻrik-tanlov shartlari boʻyicha video joylang va QIMMATBAHO SOVGʻALAR sohibi boʻling!

▪️O‘quvchi-yoshlarning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlab moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan Uzbekistan Foreign Experts group tashkiloti bilan hamkorlikda “Entry ijodkorlik” respublika onlayn tanlovi tashkil etilmoqda!

📹Bunda, ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchi-yoshlar koʻrik-tanlov nizomi boʻyicha YouTubega video joylashlari lozim!

📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishing!

🎁Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda Uzbekistan Foreign Experts group tashkilotining MAXSUS DIPLOM hamda QIMMATBAHO SOVG'ALARI bilan taqdirlanadilar.

YouTubega video joylash
yoʻriqnomasi
👈

Aziz o‘quvchi-yoshlar ko‘rik-tanlovda faol eshtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!
Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Birinchi_prezidentim
#Islom_Karimov_85

Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tavallud topgan. U 1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika instituti, 1967-yilda esa Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan va injener-muhandis hamda iqtisodchi mutaxassisliklarini olgan.

Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (“Tashselmash”) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89 yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati
1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi.


Marhum prezidentning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.

Ushbu qaror asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar kuni keng nishonlanadi, 2-sentyabr kuni Xotira kuni sifatida yod etiladi.