IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.44K photos
675 videos
50 files
2.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Faxrimiz


⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

🔰2023-yil 24-yanvar kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-10-sinf o‘quvchilari uchun ta’limdagi xalqaro hamkorlikka bag‘ishlangan yana bir tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab-internatning 10-03-sinf o‘quvchisi Jumanazarova Dinara o‘z taqdimoti bilan qatnashdi.

Jumanazarova Dinara “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo’lib, 2022-yilning 16-23-dekabr kunlari ta’lim safarida Buyuk Britaniyada bo‘lib, taxsil olib keldi.


📚Dinara o’z tengdoshlariga taxsil olgan maktabida yaratilgan sharoitlar, ta’lim olish tartibi haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari u London shahrining diqqatga sazovor joylari va inglizlar madaniyati haqida ham gapirib berdi. 

⚡️Tadbir so'ngida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
😉Safimizga yangi qo‘shilganlarga salom!
Keling, tanishamiz! Siz a’zo bo‘lgan "Eco-Schools" dasturi - katta xalqaro eko-oila. "Eco-Schools" faoliyatida dunyoning 74 mamlakatidagi 59 000 dan ziyod maktab ishtirok etmoqda. Masalan, Xitoy va Shvetsiyada "Eco Schools" davlat dasturining bir qismi hisoblanadi. O‘quv yili davomida biz turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazamiz. Bugun esa dasturimizda bir necha yildan buyon qatnashayotgan britaniyalik maktab o'quvchilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.



😉Всем новичкам привет!
Давайте знакомиться! Программа Eco-Schools, частью которой вы стали – большая международная эко-семья. В деятельность Eco-Schools вовлечены более 59 000 школ из 74 стран мира. Есть страны, например, Китай и Швеция, где Eco Schools – это часть государственной программы. В течении учебного года мы проводим различные мероприятия, конкурсы. Сегодня своим опытом поделятся британские школьницы, которые уже несколько лет участвуют в нашей программе.

Zamin | Facebook | Instagram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш ҳамда кичик бизнесни ривожлантиришга қўшимча шароитлар яратиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева началось видеоселекторное совещание по мерам сокращения бедности и обеспечения занятости населения, а также создания дополнительных условий для развития малого бизнеса.

Facebook|Instagram|Twitter
#Zakovat
#Vatanparvarlik_ oyligi

📝📝📝

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Vatanparvarlik oyligi doirasida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.


O'yinda Urganch shahar 24-son umumiy o'rta ta'lim maktabining harbiy Vatanparvarlik yo'nalishiga ixtisoslashgan sinflardan tashkil topgan "Zukkolar", " Qalqon"  hamda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Renessans", "Leaders"  jamoalari bellashdilar. Qizg'in bahslarga to'la bo'lgan o'yinda quyidagicha natijalar qayd etildi:

🥇 "RENESSANS" jamoasi.
🥈"LEADERS" jamoasi.
🥉 "ZUKKOLAR" jamoasi.

🏆🏆🏆

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

Vatanparvarlik oyligi turkumi tadbirlari davom etmoqda.

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
Forwarded from ITSM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
#Kasblar_olamiga_sayohat
#Mening_kelajakdagi_kasbim

🏭 Metallurgning bir ish kuni!

➡️ Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil kasb va hunar o‘rgatilishi bo’yicha vazifa qo’yildi.

◀️ Biz o’quvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida kasblar olamiga bo'lgan virtual sayohatimizni davom ettiramiz.

⚙️ Metallurg — metal qazib olish va uni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan og‘ir sanoat mutaxassisi sanaladi.

👤 Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan og‘ir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz.

➡️ Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

📍 Ma’lumot uchun: 🗓 2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanib qoldi. Sababi aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent metallurgiya zavodi (TMZ) faoliyatiga start berildi. Bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.

🔔 Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar faoliyati bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

📣 Eslatib o'tamiz: Bundan oldingi videorolik orqali "Kimyogar texnolog"ning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib o'tgan edik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

“Республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини самарали йўлга қўйишга доир биринчи навбатдаги ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ–14-сон, 25.01.2023 й.) қабул қилинди

🔰Фармон билан қуйидагилар тасдиқланди:

🔹бошқарув ходимларининг умумий чекланган сони (56 573 нафар);
🔹Республика ижро этувчи ҳокимият органлари ягона рўйхати (жами 69 та, шундан вазирликлар – 21 та, қўмиталар – 12 та, агентликлар – 25 та, инспекциялар – 11 та).

🚫 Вазирлик ва идоралар тизимида жами 17 447 та штат бирликлари қисқартирилиб, уларнинг бюджетдан ташқари жамғармалари маблағлари ҳисобидан қўшимча бошқарув штат бирликларини киритиш қатъиян тақиқланади.

📁 Шунингдек, Республика ижро этувчи ҳокимият органлари – вазирликлар, қўмиталар, агентликлар ва инспекцияларда таркибий бўлинмаларни шакллантириш ҳамда лавозимларни жорий этишга оид ягона талаблар тасдиқланди.

Жумладан, раҳбар ходимлар ва ижрочилар нисбати марказий аппарат бўйича камида 1/3 нисбатда бўлиши лозим.

🏢 Вазирларнинг фаолиятини стратегик вазифаларни ҳал этишга йўналтириш мақсадида улар фаолиятини ҳуқуқий, ташкилий-техник, ахборот-таҳлил, назорат ва протокол жиҳатдан таъминлайдиган Вазир котибияти ташкил қилиниши мумкин.

❗️Марказий аппаратларда қуйидаги таркибий бўлинмалар (лавозимлар) ташкил этилиши мажбурий ҳисобланади:

▫️стратегик режалаштириш ва методология;
▫️жамоатчилик билан алоқалар (ахборот хизматлари);
▫️инсон ресурсларини ривожлантириш ва бошқариш;
▫️ахборот таҳлил ва ижро интизоми;
▫️мурожаатлар;
▫️ахборот-коммуникация технологияларини жорий этиш
ва рақамлаштириш;
▫️юридик таъминлаш;
▫️коррупцияга қарши курашиш;
▫️молия-иқтисод;
▫️халқаро ҳамкорлик ва рейтинглар;
▫️биринчи бўлим.

📌Фармонга кўра шунингдек, вазирлик ва идора фаолиятини мутлақо янги тизим асосида ташкиллаштиришни назарда тутувчи Президент ҳужжати лойиҳаси ишлаб чиқилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot