IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.44K photos
675 videos
50 files
2.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi
#Ixtisoslashtirilgan_maktab_internati


🔷  Urganch shahar 1-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Vatanparvarlik oyligi" munosabati bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Jumladan,9-yanvar sanasida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  yoshlarni chaqiriqqacha vatanparvarlik ruhida tayyorlash ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Rajabov 10-sinf o'quvchilari bilan Urganch shahridagi 53008 harbiy qismga amaliy sayohat tashkil qildi.

🔵Sayohat mobaynida o'quvchilar harbiy mashinalarni haydashni ,harbiy qurollardan foydalanishni amalda sinab ko'rishdi,shuningdek , xaritalarda belgilangan joylar,belgilar,raqamlarni o'rganishdi.

⚡️Mazkur sayohat o'quvchilarda vatanparvarlik ruhini yanada chuqurroq shakllantirishda muhim rol o'ynadi va o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
Qishki ta’tilni “Zakovat” savollari bilan o‘tkazing!

📝 Barcha ta’lim muassasalari uchun ta’til muddati uzaytirilgani sababli, o‘quvchilar va talabalarning, umuman, barcha aholining vaqtni mazmunli o‘tkazishlari uchun “Zakovat intellektual klubi” NNT va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida "Zakovat viktorinasi" tashkil etilmoqda!

Viktorinada ertadan boshlab (10-yanvar)
6 kun davomida har kuni 5 tadan mantiqiy savollar berib boriladi.

Savollar @zakovat telegram kanalida har kuni soat 10:00, 12:00, 14:00, 16:00 va 18:00da bittadan e’lon qilib boriladi.

Savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob bergan ishtirokchi o‘z hisobiga 1 ochko qo‘shib qo‘yadi. Ishtirokchilar g‘olib bo‘lishlari uchun o‘z hisoblariga imkon qadar ko‘proq ochko qo‘shishlari lozim bo‘ladi. 6 kun davomida jami 30 ta savol o‘ynalganidan keyin ochkolar bo‘yicha "Kuchli uchlik"ka kirgan ishtirokchilarga kitoblar to‘plami sovg‘a qilinadi!

Javoblar quyidagi botga jo‘natiladi:

@zakovat_intellektual_bot

❗️Eslatma: Viktorina ishtirokchilariga hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lib, unda barcha qiziquvchilar qatnashishi mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Grantlar.uz
International Young Eco-Hero Awards: 8-16 yoshlilar uchun ekologik loyihalar tanlovi; gʻoliblar pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi!

Tanlovda 8-16 yoshli bolalar tabiatni asrash va himoya qilishga oid loyihalari bilan qatnashishi mumkin. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– 500 dollargacha pul mukofoti
– Maxsus sertifikat
– Gʻoliblar va ularning loyihalari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi
– Facebook maxsus guruhga qoʻshilish imkoniyati

Arizalar 2023-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-young-eco-hero-awards/
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️

QISHKI TA'TIL DAVRIDA ONLAYN SPORT TANLOVIDA ISHTIROK ETING VA QIMMATBAHO SOVRINLARNI QO‘LGA KIRITING!

🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o‘quvchilar uchun onlayn sport tanlovini e’lon qiladi!

🔰I. SHARTLARI QANDAY

👨‍💻➡️ BU JUDA ODDIY

1️⃣ Bunda maktab o‘quvchilari o‘z oila a'zolari bilan ishtirok etishlari lozim. O‘quvchilar o‘z uyida umum rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish orqali sportning insonga foydali tomonlarini ochib berishlari kerak bo‘ladi.

2️⃣ Ishtirokchilar tanlov davomida ko’rsatilayotgan mashqlar takrorlanmasligi hamda ko’rsatayotgan mashqlari aniq va sifatli bajarilishi, mashqlarni ketma-ketlik asosida bajarishlari talab etiladi.

3️⃣ Ishtirokchilar onlayn tanlov jarayonini 3 daqiqadan oshmagan holda video tasvirga olib, 2023-yil 9-17-yanvargacha @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga a’zo bo’lib, uning admini @Yoshlik_mk telegram manziliga yuborishlari zarur. 😀

😀II. G‘OLIBLARNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY

Tanlov natijalari quydagicha aniqlanadi, eng sifatli, shartlarni aniq va to‘g’ri bajargan holda yuborilgan video roliklar saralanib 2023-yil 17-yanvar kunidan boshlab @t.iss.one/yoshlikmk telegram kanaliga joylashtiriladi hamda 2023-yil 20-yanvar kuni Markaziy kengash tomonidan g’oliblar aniqlanadi va telegram kanalda e'lon qilinadi.

🎁III. G‘OLIBLAR QANDAY MUKOFOTLANADI

🥇🖥1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga TELEVIZOR topshiriladi.

🥈🚲2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga sport VELOSIPED topshiriladi.

🥉🚲3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchiga VELOSIPED topshriladi.

Quydagilar talab etiladi.
1️⃣ O‘quvchining F.I.O
2️⃣ Yashash manzili, ta’lim olayotgan maktab haqida ma'lumot.

😀Quyidagilar taqiqlanadi.
1️⃣ Tanlovga mos bo‘lmagan videoroliklar.
2️⃣ Bitta videorolikni takroran yuborish.
3️⃣ Belgilangan vaqtdan oshmasligi.

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

🕊Telegram | 📱Instagram |📱Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида саноатда ишлаб чиқариш ҳажмининг ўсиш суръатларини таъминлаш, мавжуд имкониятлар ва янги захираларни сафарбар этиш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам обеспечения темпов роста объемов производства, задействования имеющихся возможностей и новых резервов в промышленности.

Facebook|Instagram|Twitter
#tanlov
#vatanparvarlik_oyligi

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati  14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g'oyalarini shakllantirish , Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini singdirish hamda ularni harbiy kasbga yo'naltirish , milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg'usini uyg'otish maqsadida  "Men Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman" mavzusida  tanlov e'lon qiladi.

Tanlov yo'nalishlari: she'r yozish, maqola yozish, insho yozish, rasm chizishdan iborat.
👇

She'rlar: @Asalxon_Yuldasheva
maqolalar: @Urganchshahar1IMI
insholar:@Iroda1986
rasmlar:  @Munis0404
manzillariga yuboriladi
⚡️G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar

⚡️Tanlov uchun ishlar 12-yanvardan 28 -yanvargacha qabul qilinadi

Barcha o'quvchilarga omad yor bo'lsin!
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
#Chet_tilini_bilish_daraja_testi

#BIZNING_SHUNDAY_ O'QUVCHILARIMIZ_BOR

Maktabimiz o'quvchilari Chet tilini bilish daraja testida  sertfikarlarini qo'lga kiritmoqdalar.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimadagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11- sinf o‘quvchisi Xudayberganova Gulmira  🏆  ingliz tilini bilish darajasidan B2 darajali sertifikatni qo'lga kiritdi.  O'quvchimizni kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
2023 йилда саноат зоналари ва йирик инвестиция лойиҳалари инфратузилмаси учун 1,7 триллион сўм йўналтирилади.

Шунингдек, “Ғиждувон” ва “Қўқон” эркин иқтисодий зоналари ҳудуди кенгайтирилади.

Қорақалпоғистон ва Қашқадарёда “Ургут” эркин иқтисодий зонасининг филиаллари ташкил этилади.

Мутасаддиларга:

- 1 июлга қадар саноат зоналарига ажратилган маблағлар ҳисобига инфратузилма масаласини ҳал этиш;

- йил якунига қадар саноат зоналарида 1 минг 264 та лойиҳани ишга тушириб, қўшимча 3 триллион сўмлик саноат маҳсулоти ишлаб чиқаришни таъминлаш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
Forwarded from Tezkor ijro (Saidov Bexzod Yuldashbayevich)
📢 Ҳурматли вилоятимиз фуқаролари ва меҳмонлари!

🌫 Шаҳар ва туманларда куз-қиш мавсумини беталафот ўтказиш ҳамда юзага келадиган муаммоларни ўз вақтида бартараф этиш мақсадида, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарорига асосан вилоятимиз бўйича навбатчилик штаблари ташкил этилган.

📞 Вилоят аҳолиси мурожаат қилиши ва зарур маълумотларни олиши учун жойлардаги штаблар телефон рақамлари:

🏢Урганч шаҳар штаби: ☎️ (62) 228-67-67.
🏢Боғот тумани штаби: ☎️ (62) 315-16-14.
🏢Гурлан тумани штаби: ☎️ (62) 365-12-87.
🏢Қўшкўпир тумани штаби: ☎️ (62) 329-51-53.
🏢Урганч тумани штаби: ☎️ (62) 352-14-04.
🏢Ҳазорасп тумани штаби: ☎️ (62) 332-55-43.
🏢Хива шаҳар штаби: ☎️ (62) 377-50-39.
🏢Хива тумани штаби: ☎️ (62) 374-70-73.
🏢Хонқа тумани штаби: ☎️ (62) 399-42-46.
🏢Шовот тумани штаби: ☎️ (62) 345-11-60.
🏢Янгибозор тумани штаби: ☎️ (62) 419-10-28.
🏢Янгиариқ тумани штаби: ☎️ (62) 385-63-02.
🏢Тупроққалъа тумани штаби: ☎️ (62)305-48-72.

aokaxorazm.uz | Telegram | Facebook | Instagram
#faxrimiz
#ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining geografiya fani o'qituvchisi Nurmetova Muyassar Jumanazarovna Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida "Ta'limda loyihalarni boshqarish" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qildi.

O'qituvchimizni keyingi faoliyatida zafarlar tilaymiz!
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩

📚Respublika bolalar kutubxonasi yosh avlodda Vatanga nisbatan muhabbat, uni asrab avaylash va vatanga bo‘lgan mehrini kuchaytirish maqsadida “Mening armiyam - mening faxrim” shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazilishini e’lon qiladi.

🏓Mazkur tanlov 14-yanvar-"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

⚡️Tanlov tartibi:
 
Ishtirokchilar o‘zlari yozgan Vatanni math etuvchi so‘zlardan iborat she‘rlarini yoddan o‘qigan holda,  videorolik tayyorlab tanlovga yuborishlari lozim.

👉Tanlov “Kitobxon oila” (https://t.iss.one/kitobxonlik_tanlovlari) guruhida o‘tkaziladi. Videoroliklarni Telegram messenjeridagi @rbktanlov3 manziliga yuborish kerak.

📌Videorolik vaqti 1daqiqadan, hajmi esa 10 mbdan oshmasligi lozim.

Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil  14-yanvar kunlari qabul qilinadi.

tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim.

Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Урганч давлат университетида бўлиб ўтадиган Корея ҳафталигига барчани таклиф қиламиз. Меҳмонларимиз - Донгшин университети профессор-ўқитувчилари ва талабалари. Сана: 30 январь - 4 февраль 2023 йил.