ITMA Urganch shahar 1-son IMI
2.22K subscribers
9.66K photos
735 videos
51 files
2.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Ochiq_dars
#Ma’naviyat_soati
#Urganch_1_IMI

🎯Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ingliz tili fani o'qituvchisi Dilnoza Raximova o'zi rahbarlik qilayotgan 7-03 sinfida ma'naviyat soatidan ochiq dars o'tkazdi.

📝Mavzu: " Mening fe’l-atvorim , kamchilik va afzalliklarim

📍O'qituvchi dars davomida o'quvchilarni o’zini o’zi tarbiyalashga yordam beruvchi turli xil noan’anaviy metodlardan foydalandi.

📌Dars qiziqarli savol javoblarga boy bo'ldi.

🌐Telegram | 🌐Facebook |🌐Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA 1- NOMZOD BILAN TANISHING👇

📌Men, Abdusharipov Aslbek Azamatovich,  Urganch shahar 1-son IMI ning 9-02- sinf o'quvchisiman va  maktab prezidenti lavozimiga o’z nomzodimni taklif qilaman.

O’zimda mujassam bo’lgan  xislatlar :

✔️Liderlik :
Men, yoshligimdanoq o'zimda liderlik qobiliyatimni shakllantirib kelaman, hozirda maktabimizda "Sport" yo’nalishi sardori sifatida o’quvchilar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazib kelmoqdaman.

✔️Mas'uliyat borasida:
Men, har qanday mashaqqatlarni yengishni, barchaga yordam qo'lini uzatishni yoqtiraman. Menga qo'yilgan  har bir vazifani mas’uliyat bilan o’z vaqtida bajaraman.

✔️Shaxsiy rivojlanish borasida:
Faoliyatim davomida yo'l qo'ygan xatolarimni to'g'ri anglab yetib, kamchilik va xato qilmaslikka harakat qilaman. Bunga erishishim uchun menga psixologik va motivatsion kitoblar yordam beradi

✔️Muloqot va tinglash :
Men  maktabimizdagi har bir o'quvchini tinglab, ulardagi muammolarini hal qilishga, bergan takliflarini amalga oshirish bo'yicha loyihalar tuzishni reja qilganman

🎯Mening  maktab hayoti va tengqurlarimni qizg'in faoliyat va yaratuvchanlikka undash borasida rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:

💻Bor kuch va bilimini o'qishda orqada qolayotgan tengdoshlarimga yordam berishga sarflayman.

💻Besh tashabbus doirasida o'quvchilarni sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida 1 oyda 2 marotaba turli xil sport musobaqalarini uyushtiraman.

📱Haftada 1 kun ingliz tiliga qiziqishi yuqori bòlgan òquvchilar òrtasida speaking club hamda debate tashkillashtiraman.

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida o'rta sinf o'quvchilari bilan ko'ngilochar va ma'naviy hordiq chiqaradigan shuningdek, milliy boy tariximizdan so'zlaydigan ko'hna muzeylarga va kutubxonalarga tashrif buyurish va shu asnoda volontyorlikni ham yuritaman.

🪙Har chorakda aniq, tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan kichik olimpiadalar joriy qilaman va albatta, ularni o'tkazish to'g'risida fan ustozlari bilan maslahatlashaman.

🌐Telegram | 🌐Facebook |🌐Youtube | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Urganch_shahar_1_IMI

✔️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarix va huquq fani o’qituvchilari S. Karimov mas’ulligida zakovat o’yinining ikkinchi mavsumi start oldi.

📌O’yinda jami 9 ta jamoa ishtirok qilmoqda.

💥Ikkinchi mavsumning 1-o’yin natijalari quyidagicha👇

🎯Zakomaster 3 ochko;
🎯Everest 1 ochko;
🎯Twinkling girl 2 ochko;
🎯Elite 3 ochko;
🎯Wismut 4 ochko;
🎯Black Stars 6 ochko;
🎯Pioneer 6ochko;
🎯Infinity 4ochko;
🎯Paradox 6 ochko

🌐Telegram | 🌐Facebook |🌐Youtube | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM