IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.32K subscribers
8.64K photos
680 videos
50 files
2.71K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#seminar
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning ixtisoslik fanlari oʻqituvchilari uchun Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarida seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning oʻqituvchilari uchun “Zamonaviy taʼlim innovatsiyalari: STEM va ingliz tili fanlari misolida” mavzusida Prezident maktabining mahalliy va xalqaro toifadagi oʻqituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, seminar mashgʻulotlari ikki kunga moʻljallangan boʻlib, ayni vaqtda ingliz tili, informatika hamda fizika fani oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun
🔹 Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdi. Pedagoglar nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamladi, balki o‘quvchilarning taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangi yondashuvlarni o‘rgandilar.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Bizning_faxrimiz

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari xalqaro universitetlarga o‘qishga kirishni boshlab yuborishdi.

11-02-sinf o‘quvchisi QOBULOV SUHROB muddatidan oldin talaba bo'ldi. 

🎓Oʻquvchimiz COLORADO STATE UNIVERSITY dan qabul xati oldi.


📍Ma'lumot o'rnida, o'quvchimiz Suhrob IELTS 6.5 ballik hamda SAT 1160 ballik serifikatga ega.

🎯O’quvchimizni keyingi o’qishlarida va ishlarida omad tilaymiz.

🌐Telegram | 🌐Facebook |🌐Youtube | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM