Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
1.56K subscribers
10.7K photos
780 videos
51 files
3.17K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OCHIQ_DARS
#Urganch_1_IMI

🏢 Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab- internatining ingliz tili fani o'qituvchisi Dilnoza Raximova 7-03 sinfida "Geographical features” mavzusida ochiq dars tashkil qildi.

📚 Darsda qo'llanilgan metodlar: Giving the definition, remember given information, matching pictures

✔️Dars jarayonida o’quvchilar guruhlarga bo’linib ishladilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from Xorazm | BBA
⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

✍️ Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

🔖 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

🗺 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

➡️ Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

✍️ @BBAXorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#URGANCH_1_IMI
#TOZALIK_KUNI

📌Bugun Urganch shahar 1-son maktab-internatida pedagog xodimlar bilan “TOZALIK KUNI” o’tkazildi.

📍Barcha ustozlar sidqidildan ushbu loyihada faol qatnashdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram