Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
1.56K subscribers
10.6K photos
775 videos
51 files
3.16K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahar 1-son maktab-internatida o’tkazilayotgan futbol musobaqasining superliga 4-tur sharhi👆

⚽️Sharhlovchi : Ollaberganov Akmalbek

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Dars_jarayoni
#laboratory

📌Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-03 sinf o’quvchilari bilan biologiya fanidan "Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini aniqlash" mavzusida laboratoriya mashg'ulotlari o'tkazildi.

📍Unda o'quvchilar 4 kishilik jamoaga bo'lingan holda, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kraxmal, yog', uglevod, oqsil va C vitaminini aniqlashga doir kichik tadqiqot o'tkazishdi.

🧑‍💻O’qituvchi : Jumaniyazova Sevara

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#O’zbek_tili_bayrami_kuni

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxonasida O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligiga bag'ishlab "Ona tilim - g'ururim, faxrim !" mavzusida ko'rgazma tashkil qilindi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#faxr_#g‘urur_#o‘zbek_tilim

🏢Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunga 35 yil to‘lganligini ko‘tarinki ruhda kutib olishdi.

📍Maktabning barcha ustozlari ko‘kraklariga davlatimiz ramzi bo‘lgan bayroq tasviri va 35 yil yozuvi tushirilgan ramziy nishonlar taqildi.

Ramziy ko‘krak nishonini taqar ekanlar, ustoz va o‘quvchilar o‘zbek tilining qadimiy til ekanligini, uning go‘zalligi va jozibasini yana bir bor ta’kidladilar.

🇺🇿Ona tilimiz bo‘lgan o‘zbek tilida yaratilgan she’rlardan aytishdi.
21- oktabr -- O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilganiga 35 yil to‘lgani bilan barchani tabriklaymiz!

💥O‘zbek tili bayrami kuni barchaga qutlug‘ bo‘lsin!!!


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram