TATU Urganch filiali | Rasmiy
2.11K subscribers
16.2K photos
2.06K videos
89 files
5.78K links
🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialining RASMIY KANALI
🌐 Web sayt: https://ubtuit.uz/
FACEBOOK:https://ru-ru.facebook.com/UBTUIT
Instagram: https://www.instagram.com/tatuuf.official?utm_source=qr&igsh=cW80cmx5a3lhN3hp
📢Aloqa: @ubtuitmu
Download Telegram
#hamkorlik

Almashinuv konferensiya va onlayn akademik seminar

🫥2024-yil 18-oktyabr kuni Xitoyning Zhejiang texnologiya universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali o‘rtasida energiya tejovchi avtomatlashtirish texnologiyalari bo‘yicha akademik almashinuv konferensiyasi va onlayn akademik seminar tashkil etildi.

Uchrashuvda tomonlar energiyani tejovchi avtomatlashtirilgan texnologiyalar, aqlli boshqaruvli texnikalar, ilg‘or texnologiyalar va ikki tomonlama atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida o‘zaro tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Shuningdek, universitetlar va ularga yaqin korxonalar o‘rtasida innovatsion hamkorlik, xalqaro akademik almashinuvni rag'batlantirish masalalari muhokama qilindi.

🟫@ubtuit_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ubtuit #OAVda_talabalarimiz

📺 Xorazm teleradiokompaniyasining "Mohir qo'llar" ko'rsatuvining har galgi shanba kuni mehmoni filialimizning 1-bosqich talabasi, Respublika "Iqtidorli bolalar" kengashi a'zosi, Xalqaro miqyosda o'tkazilgan tanlovlar g'olibi, Zulfiya mukofoti nomzodi, Davranbekova Sevinch.

💠 Talabamiz munchoq, mato qoldiqlari, plastmas idishlardan qo'l mehnati bilan amaliy san'at namunalarini yaratadi.


🟫@ubtuit_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 O‘qib olim, boy bo‘larmiding?

🔴Dunyoning boy-badavlat kishilari uchun kitob o‘qish qanday ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz? 1,200 nafar badavlat odamlar ustida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, ularning barchasida kitob o‘qish umumiy odat ekanligi aniqlangan. Bunga quyida bir necha misol keltiramiz:

🟢Bill Gates 1 yilda o‘rtacha 50 ta kitob o‘qiydi. Bu 1 haftada o‘rtacha 1 kitob degani;
🟢Elon Musk raketalarni qanday qurishni kitoblardan o‘zi o‘qib o‘rgangan. U asos solgan SpaceX haqida bilsangiz kerak;
🟢Warren Buffett kunining 80%ini o‘qishga bag‘ishlaydi va kunlik o‘rtacha 500 varaq o‘qiydi.
🟢Mark Zuckerberg har 2 haftada 1 yangi kitob o‘qib tugatadi;
🟢Mark Cuban 1 kunda 3 soatni o‘qishga bag‘ishlaydi va 1 kitobni tugatish o‘rtacha 5 soat vaqtini oladi;

🟢Muvaffaqiyatli kishilar uchun kitob o‘qish, bu – kunlik odatlarining ajralmas qismi. Siz ham kitob o‘qishni kundalik odatga aylantiring. Ko‘proq kitob o‘qing.

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ubtuit #tilbayrami
#ona_tilim_faxrim

🇺🇿📖 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan TATU Urganch filiali iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik

"O'zbek tili milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsolidir"

@ubtuit_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ubtuit #tilbayrami
#ona_tilim_faxrim

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

©Abdulla Oripov
@ubtuit_official
"IDEATON-2024" tanlovi

🤝 YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari kordinatori “IT Park“ hamda "Doujin Gakkou" bilan hamkorlikda 17-18-oktyabr kunlari Urganch shahridagi IT Park binosida "IDEATON-2024" tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabalari faol ishtirok etishdi va ajoyib natijalar ko'rsatishdi.

🎗 Tanlov jamoaviy tarzda o'tkazildi hamda talabalar o'z innovatsion loyihalarini namoyish etishdi. Natijada quyidagi jamoalarimiz g'o'lib bo'ldi.

🥈 2-o'rin — "ECO PROTECT" loyihasi bilan

Rajabov Suxrobjon (912-21 guruh talabasi)
Maxsudbekov Shohruxbek (931-23 guruh talabasi)
Egamberdiyev Dilshodbek (941-24 guruh talabasi)

🥉 3-o'rin — "AX_ray" loyihasi bilan

Shonazarov Xudayor (942-22 guruh talabasi)
Otayozova Mavludo (943-24 guruh talabasi)
Vafoyev Isobek (942-23 guruh talabasi) ishtirok etdilar.

🌺Tadbir so'ngida g'oliblar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

@ubtuit_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM