Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
18.3K subscribers
35.9K photos
3.41K videos
540 files
10.7K links
Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси.

Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй.

Электрон манзили: [email protected]

Телефон — (+998) 71 237 08 01
Download Telegram
Bugun Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamkorligida "Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasining mantiqiy davomchisi "Coursera" onlayn ta'lim platformasidan samarali foydalanish bo'yicha maktablarning Informatika va AT fani o'qituvchilari uchun vebinar bo'lib o'tdi.

💻Vebinarda ustolarimiz o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://t.iss.one/ToshkentshaharMMTB
Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 98-sonli umumta’lim maktabida 4-sektor hududidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?” ko'rik-tanlovi bolib otdi.

🌿Tanlov yakunida, 98-maktabning “Phoenix” jamoasi eng yuqori natijani qayd etdi.

🔰Ikkinchi o‘rin 58-maktabning “Yosh tabiatshunoslar” jamoasiga nasib etgan bo'lsa, 117-maktabning “Yashil hayot” va 272-maktabning “Eco iqtisodiyot” jamoalar uchinchi pog'nadan joy oldilar.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://t.iss.one/ToshkentshaharMMTB
Forwarded from Toshkentdan gapiramiz...
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_Toshkent

Toshkent shahridagi milliylikni nimada koʻrasiz?
🎙Kamola FUZAILOVA –
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti dotsenti


👉Kanalimizga ulaning va doʻstlaringizga ulashing:
👉https://t.iss.one/RMMMTSHB
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent shaharda joylashgan 285-maktabda ommaviy janjal kelib chiqqan, aytishlaricha bir o'quvchini beli singan” mazmunida xabar chop etildi.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi quyidagilarni ma'lum qiladi: 2025-yil 30-yanvar kuni soat taxminan 10.15 larda Yangihayot tumanidagi 285-sonli umumta'lim maktabi 11-“D” sinf o'quvchisi O'.K. tanaffus vaqtida maktab ikkinchi qavati yo'lagida turgan vaqtida 11-“B” sinf o'quvchisi E.K. bilan o'zaro tortishib qoladi. Natijada O'.K. sinfdoshi E.K. ni yuz qismiga bir marotaba urganligi va o'rtalarida kelib chiqqan janjalga boshqa o'quvchilar qo'shilib ketganganligi ma'lum bo'ldi.

Ushbu voqeadan xabar topgan maktab ma'muriyati darhol maktabga o'rnatilgan “tashvish tugmasi”ni bosishgan. Qisqa vaqtda Qo'riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruhi xodimlari va inspektor-psixologi maktabga yetib kelgan hamda ommaviy tartibsizlikni to'xtatishgan. So'ngra maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog, katta leytenant N.O. mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, janjalda ishtirok etgan o'quvchilarni “Yorqin hayot” mahallasida joylashgan profilaktika inspektori xonasiga olib borgan. U yerda o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirilgan.

Janjalda ishtirok etgan shu maktabning 11-sinf o'quvchilaridan A.J. hamda S.M. lar shifokorga murojaat qilgan. O’quvchilarning ahvoli yaxshi, ularga uyiga javob berilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv-o'rganish ishlari olib borilayotganligini bildiramiz.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://t.iss.one/ToshkentshaharMMTB
#Statistika

⚡️ Kimyo va fizika fanlaridan O‘qituvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Respublika olimpiadasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtgan o‘qituvchilarning hududlar kesimdagi STATISTIKASI.

💠Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanmoqda.

SHOSHILING!

❗️Statistika 31-yanvar soat 11:00 holatiga koʻra taqdim etilmoqda.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Mirzo Ulug'bek tumanidagi 338-sonli umumta'lim maktabi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan "Nurli kelajak" teatr studiyasi a'zolari tomonidan "Jadidlar izidan" mavzusida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan spektakl namoyish etildi.

🎭O'quvchi-yoshlarning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi va barchada katta taassurot qoldirdi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://t.iss.one/ToshkentshaharMMTB
Bugun Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan Yangihayot tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabida «Yangi baholash – yangicha yondashuv!» mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

❇️Seminarni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Ravshan Ergashev ochdi. Unda umumiy o‘rta ta’lim maktablariga lavozimga yangi tayinlangan va metodik yordamga muhtoj o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

📚Ochiq va samimiy muloqot ruhida o'tgan seminar va trening mashg'ulotlarida Oriental universiteti, emaktab platformasi Markazlashgan ta’lim resurslari bo‘limi, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mutaxassislarining mavzu yuzasidan qilgan ma'ruzalari barcha ishtirokchilar uchun birdek qiziqarli va foydali bo'ldi.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉👉👉Kanalimizga ulaning va do'stlaringizga ulashing:
https://t.iss.one/ToshkentshaharMMTB