Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
401 subscribers
2.92K photos
89 videos
2 files
342 links
Download Telegram
#Qizlar o'rtasida Matematika olimpiadasi

Chinoz tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGIning 2024 -yil 11-oktabrdagi 01-11/2-2205-sonli xatiga asosan "Qizlar o'rtasida Matematika olimpiadasi" maktab bosqichi o'tkazildi. Bunda jami 236 nafar qiz bola o'quvchilarimizdan 212 nafari olimpiadada ishtirok etishdi. Natijalar tez orada e'lon qilinadi va g'oliblar viloyat bosqichiga yo'l olishadi.

💻 Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
#Chinoz_IM
ROBO-CODING (ROBO-KODLASH) MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Bugungi kun yoshlari barcha taʼlim dargohlarida nafaqat bilim olish, balki, oʻz bilimlarini hayotga tadbiq etish, jamiyat uchun foydali ixtirolarini sinovdan oʻtkazish bilan ham mashgʻul boʻlayotgani quvonarli holdir.

Bugun Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtgan Robo-coding musobaqasida ham ana shunday iqtidorli yoshlar oʻz ishlari bilan qatnashib, dastlabki muvaffaqiyatlarini namoyish qildilar .
1- bosqich Planer uchirish jarayoni
2- bosqich Lego toʻplami asosida chiziq boʻylab harakatlanuvchi robot musobaqasi
3- bosqich Dasturlash
"Yangi Oʻzbekistonda yangicha qarash, yangi fan va bellashuv" shiori ostida oʻtgan robototexnika bahslarida
10- v sinf oʻquvchilari Ahmadaliev Aziz va Sobitov Shohjahon,
9-sinf oʻqituvchilari Ahmedov Akmal va Zokirov Azimxoʻja
gʻolib deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi
Qizgʻin bellashuv xususida batafsil videosharhimizda tanishing
👇👇👇

https://youtu.be/otr2IRyeHiY
Forwarded from Komila Ruziqulova Bekobod shahar IM
#Toshkent_viloyati

#Bekabod_shahar_IM

#IELTS
#yutuq

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o'quvchisi Abdumanonova Durdona ingliz tili

📊 IELTS imtihonidan 8 darajani qo'lga kiritdi!

🎧Listening: 8.5
📙Reading:8
📝Writing:7
📢Speaking:8

📜Overall:  8



O'quvchimizni  ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👏👏👏

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.Telegram https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
Forwarded from Komila Ruziqulova Bekobod shahar IM
#Toshkent_viloyati

#Bekabod_shahar_IM

#CEFR
#yutuq

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11- sinf o'quvchisi Abdumutalov Shohjaxon ingliz tili darajasini baholovchi multilevel

📊CEFR  imtihonidan B2 darajasini qo'lga kiritdi!

🎧Listening: 60
📙Reading:60
📝Writing:57
📢Speaking:43

📜Overall: 55

O'quvchimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz va kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👏👏👏

♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.Telegram https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
# "Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz"
🏢 Bugun Bekobod shahar Ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Korrupsiyaga qarshi oyligi"ni o'tkazish haqida 2024 yil 28 oktyabrdagi 350-son buyrig'i ijrosi yuzasidan kelib chiqib, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024 yil 11 noyabrdagi 150-AF buyrig'i ijrosini ta'minlash maqsadida Bekobod shahar Adliya bo'limi rahbari J.Norqo'ziyev, yuridik bo'lim boshlig'i N.Tursunov, Milliy Gvardiya Bekobod shahar bo'limi katta inspektor psixologi D.K.Gulmurodov va ma'sul hodimlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
🔰 Suhbat davomida hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar ko'lami, shunungdek uni oldini olishga qaratilgan targ'ibot va tashviqot ishlari yuzasidan, mutasaddi tashkilot hodimlari o'quvchi yoshlarga barcha ma'lumotlarni berishdi.
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
# Muqaddasdir_Vatan_bayrog'i

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabda joriy yilning 15 noyabr kuni barcha sinf o'quvchilarga sinf rahbarlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i tashkil etilganligan kun munosabati bilan "Ma'naviyat soati" tashkil etildi.

Ushbu kun munosabati bilan pedagog kadrlar Davlatimiz bayrog'i to'g'risida o'quvchilarga batafsil ma'lumotlarni berib o'tdilar.

🔰 Shuningdek, o'quvchilar tomonidan ham bayrog'imizga bo'lgan e'tibori orqali ularni yod olgan "Bayrog'im faxrim" nomli she'rlarida aks etganini guvohi bo'ldik.

Ta'lim maskanida yuqori sinf o'quvchilari tomonidan "Bir bayroq ostida birlashamiz" mavzusida video roliklar tanlovi ham davom etmoqda.
Forwarded from Deleted Account
Yangiyo'l shahar IMI o'quvchilari 14-15 noyabr kunlari tashkil etilayotgan Robo-Coding olimpiadasida faol ishtirok etmoqda.