Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
405 subscribers
2.69K photos
75 videos
2 files
296 links
Download Telegram
Forwarded from Tohirxodjayeva_Rushana
#Chinoz_IM
Psychology
Intellekt
IQ test
🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi tasarrufidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-"V"sinf o'quvchilaridan intellektni aniqlashda qo'llanadigan IQ testlari olindi.
Maqsad o'quvchilarning intellekt qobiliyatlarini diagnostika qilish.
#Bizning_maktab
SPORT-SOG'LIK GAROVI

      🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbusning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish haqidagi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 14-fevral sanasida  jismoniy tarbiya fan o'qituvchisi Matnazar Davlatnazarovich boshchiligida 8-9-sinf qiz bolalari o'rtasida basketbol musobaqasi o'tkazildi.
      Bellashuv natijalariga ko'ra:
🥇1-oʻrin 8-"G" sinf o'quvchilari;
🥈2-oʻrin 9-"A" sinf o'quvchilari;
🥉3-oʻrin 9-"V" sinf o'quvchilari g’olib bo’lishdi
#Maktabimiz_haqida
#Quyi_Chirchiq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Ta’limga qaratilgan e’tibor o‘z samarasini bermoqda.


Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘z faoliyatini boshlagan.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 435 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.Ularga 34 nafar pedagog saboq bermoqda. Kelajak avlod vakillariga aniq va tabiiy fanlar chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

Maktab zamonaviy binoga ega. Mashg‘ulot xonalari zarur o‘quv, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Boy kitob fondini o‘zida jamlagan kutubxonasi va faollar zali, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriyalar, chet tillari xonalari, oshxona va sport zaliga ega


Muassasada yaratilgan zamonaviy sharoitlar va o‘ziga xos muhit o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

✍️Quyi Chirchiq tuman IM