Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
418 subscribers
3K photos
89 videos
7 files
354 links
Download Telegram
Forwarded from Bibimashrab Isaqova-Chinoz IM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-oktyabrdagi 02-13-21-34-sonli “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligini munosib
nishonlash maqsadida “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
ta’lim muassasalarida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan bayram
tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga doir chora-tadbirlar
dasturi” doirasidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 15-oktyabr sanasida Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining MMIBDO’ B.Isaqova boshchiligida, Ta’lim vazirlari bilan birgalikda tumanimizda qad ko’targan O’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi. Marosim davomida Shoir hayoti va ijodiy faoliyatidan g’azal va hikmatli so’zlaridan yod aytishdi hamda bobomiz poyida gulchambar qo’yishdi.
👍1
Forwarded from Bibimashrab Isaqova-Chinoz IM
#AJDODLARNI_XOTIRLAB

      🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining
2024 -yil 26- sentabr 02-13-2072-sonli xatiga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-sentabrdagi PQ-323-sonli qarorida Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo
Ulug‘bek tavalludining 630-yilligini keng nishonlash hamda “Jahon tamadduni rivojida Mirzo
Ulug‘bek ilmiy–ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati” mavzusida
chora-tadbirlar dasturi” ga ko'ra tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
      ❇️Jumladan, Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tarix fan o'qituvchilari Farrux Farxodovich hamda Shohruh Xakberdiyev boshchiligida, sinf hokimlari, yordamchilari hamda ta'lim vazirlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
      🎗Suhbat davomida, Temuriylar davlatining hukmdori, davlat arbobi, buyuk astronom va matematikning hayot yo'li va alloma hayoti yoritilgan badiiy asarlar haqida tushunchalar berildi.
👍1
Forwarded from Qarayev Mavlon Jo'raqul o'g'li
#Bõstonliq_IM
#bizning_shunday_õquvchimiz_bor
#SAT

📣ITMA tizimidagi Bõstonliq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-“B” sinf õquvchisi Ziyodullayeva Odinaxon xalqaro SAT sertifikatini qõlga kiritdi.

📃 SAT - 1310
📚Reading and writing 800/560
🧮Math 800/750

📌SAT haqida qisqacha ma’lumot:

SAT standartlashtirilgan test bõlib, talabaning uchta asosiy yõnalishda kõnikmalarini õlchaydi: tanqidiy õqish, matematika va yozish.

🥳🥳 Yutuq muborak va bardavom bõlsin Odinaxon! Biz sen bilan faxrlanamiz.
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
# Til_millat_ko'zgusi

🔰 Tilga e'tibor-elga e'tibor
🔰 Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida, jumladan viloyat, tuman va shaharlarda, shuningdek, barcha ta'lim muassasalarida, tashkilotlarda Davlat tili ya'ni ona tilimiz qabul qilinggan kunning 35 yilligi munosabati bilan Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabda ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi J.Boboqulov tomonidan 6-A sinf o'quvchilari ishtirokida "Til millat ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔰 Ushbu tadbir davomida o'quvchilar sof ona tilimizda she'rlar aytishdi, G'ofur G'ulomning "Shum bola" asaridan sahna ko'rinishini namoyish etishdilar.

Tadbirga Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Bekobod shahar "Nuroniylar jamg'armasi" vakili X.Rasulovalar ishtirok etishdilar.

📩 Bizni telegram kanallarida kuzatib boring.
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# Ona_tilim
# Bekobod_shahar_IM

Davlat tilimiz ya'ni ona tilimizni qabul qilinganini 35 yilligi munosabati bilan Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabning "Notiqlik san'ati" to'garagi a'zosi 6-A sinf o'quvchisi Olmosbek Abduhalilov "Ona tilim" mavzusida she'r aytmoqda.

O'quvchi o'z tili ya'ni ona tilining nechog'lik biz uchun buyuk ekanligini yod olgan she'ri orqali ta'rif etgan.

Aziz vatandoshlar! Barchamizga ona tilimizning 35 yilligi muborak bo'lsin.

📩 Telegram | YouTube | Facebook |
#ECO_DAY
#ECO_VOLONTYORLIK_FAOLIYATI
#TABIATNI_ASRASH_BIZNING_BURCHIMIZ!
🏢 Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida ekologik volontyorlarning tashabbusi bilan "Farovon maktabni birgalikda yaratamiz!" shiori ostida ECO_DAY tashkil etildi.
🍀 Tadbirda maktabimiz eko volontyorlari va hohlovchi ko'ngillilar qatnashdilar.
☀️ Oltin kuzning iliq havosidan bahramand bo'lib, sinf rahbarlar boshchiligida daraxtlar atrofi kuzgi xazonlardan tozalandi.
Ĥamjihatlikda ishlar amalga oshirilgandan so'ng, o'quvchilar sho'x- shodon kuy va qo'shiqlarga raqsga tushishdi.
👩‍⚖Qizlar o'rtasida stol tennisi musobaqasi o'tkazildi.
1- o'rin 7-"A" sinfi Zilola Raimberdiyeva
2- o'rin 9-"B" sinfi So'g'diyona
3- o'rin 8-"E" sinfi Shahzoda O'razxo'jayevalar egalladilar.
🤵‍♂ O' g'il bolalar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi.
Tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilarga maktab ma'myriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi.
Quyi Chirchiq tumani IM.

🌐Telegram👈🏻 Instagram👈🏻 Facebook👈🏻
👍1