Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
406 subscribers
2.49K photos
74 videos
2 files
270 links
Download Telegram
#Меморандум
🏢 Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Қуйи Чирчиқ тумани Ихтисослаштирилган мактабида Тошкент иқтисодиёт ва технологиялари Университетининг бир гуруҳ профессор-ўқитувчилари билан учрашув ўтказилди.
📗 Учрашувдан мақсад, битирувчи ёшларни билим ва қизиқишларидан келиб чиқиб ,уларни олий таълимга ва касбга йўналтириш, ажратилган давлат квоталари ҳақида маълумот бериш ҳамда келгусида ўз касбининг профессионал мутахассиси бўлиши учун йўналиш кўрсатиш.
📗 Давра суҳбатида мазкур
Университетининг ўқув ишлари бўлими бошлиғи И.З.Юлдашева, иқтисодиёт факультети декани, доцент Ж.О.Кучаров, иқтисодиёт кафедраси доценти Р.Х.Хакимов, иқтисодиёт факультети математика фани ўқитувчиси С.Н. Муродов ҳамда мактаб ўқитувчи ва ўқувчилари иштирок этишди. Суҳбат жараёнида университет ўқитувчилари таълим шакли ва йўналишлари ҳақида маълумот бериб ўтдилар. Ўқувчилар ўзларини қизиқтирган саволларига батафсил жавоб олдилар.

Қуйи Чирчиқ тумани ИМ.
👉Telegram 👉 Facebook
Forwarded from Abdusamad Sobirov
Sportning Universal jang turi bo‘yicha "OSIYO CHEMPIONATI" o‘tkazildi.

Joriy yilning 17-20-may kunlari Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida sportning Universal jang turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.

🔷Ushbu qit'a birinchiligida Bekobod shahar sport maktabida shug‘ullanuvchi 15 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar ishtirok etishdi.

🏆Musobaqa yakuniga ko‘ra "Layt" va "Klassik" yo‘nalishlari bo‘yicha janglarda ishtirok etgan sportchi, Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Yunusov Dilovar o'z vazn toifasida 1 o'rinni qo‘lga kiritdi.
#LOYIHA_ISHI

🔰Ta'lim samaradorligini oshirish, xalqaro va milliy bilish darajasidagi sertifikatlarni qo'lga kiritish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida, o’quvchi-yoshlar o’rtasida “Uchinchi Renessans-yoshlar nigohida" shiori ostida loyiha ishlari tizimli amalga oshirilmoqda
       ❇️Joriy yilning 22-may kuni Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tili fan o’qituvchisi Sarvinoz Abdiyeva boshchiligida "Shopping " mavzusida 6-sinf o’quvchilari noan’anaviy tarzda loyiha ishlarini topshirdilar.
       🎗Ushbu loyiha ishlari davomida o’quvchi-yoshlarda jamoa bo’lib ishlash, mavzuga kreativ yondashish kabi ko’nikmalari shakllanadi.
Forwarded from Salimova Dildora Ibraximovna
🏢 Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
👩‍🏫 "Zukko kitobxon " tanlovi
Yakuniy bosqich
Yosh avlodni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida maktabimizda maktab kutubxona mudirasi F.Oʻrinboyeva va ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari hamkorligida "Zukko kitobxon "tanlovi tashkil etilganligini avval maʼlum qilgan edik.
Mana shu tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning 22-may kuni 9-sinf oʻquvchilar bellashuvi boʻlib oʻtdi.Tanlovda ishtirokchilar 3 shart asosida bellashdilar.
Birinchi shartda oʻquvchilar berilgan badiiy adabiyot mualliflaridan biri haqida taqdimot tayyorlashdi.Ikkinchi shartda "Asarga sayohat" asosida sahna chiqishlari namoyish etishdi .Uchinchi shartda savollarga javob berdilar.
Tanlov natijalariga koʻra
🥇1-oʻrin 9-"B" sinf
🥈2-oʻrin 9-"A" sinf
🥉3-oʻrin 9-"F" sinflar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati
Masʼul : Dildora Salimova