Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
413 subscribers
2.45K photos
74 videos
2 files
258 links
Download Telegram
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🏫Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

      ⚡️9-aprel- dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron bobomiz  Amir Temur tavallud topgan kun
      ❇️"Sohibqiron Amir Temur-markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi" g'oyasi asosida o'quvchilarida mustaqillikni qadrlash, xalqparvarlik, adolatparvarlik va bunyodkorlik tuyg'ularini tarbiyalash maqsadida, "Amir Temur-o'zbek davlatchiligining iftixori" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
      🎗Tadbirda 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan "Drama to'garagi"ning teatr jamoasi tomonidan sahna ko'rinishi namoyish etildi,Temir tuzuklari, she'r va kuy-qo'shiqlar orqali tadbir munosib o'tkazildi
#Davlat_ramzlari_faxrim,g'ururim

      🔰Davlat ramzlari — muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, anʼanalari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Davlat ramzlari mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini oʻzida mujassamlantiradi. 
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tarix fan o'qituvchilari Farrux Farxodovich hamda Shohruh G'ayratovich boshchiligida yoshlar ongida Vatanimiz ramzlarini ulug'lash va ardoqlash tuyg'usini tarbiyalash maqsadida,  "Davlat ramzlari-faxrim, g'ururim" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Forwarded from ITMA Angren_IM
#hamkorlik
#memorandum_ijrosi
#korxonaga_ekskursiya

2024-yil, 8-aprel sanasida Angren Ixtisoslashtirilgan Maktabi maslahatchisi Jasur Xasanov boshchiligida 9-11-sinf o'quvchilari Angren shahridagi "Vista elecronics group" qo'shma korxonasiga ekskursiya uyushtirdilar.

Ekskursiyadan maqsad o'quvchilarga shahardagi mavjud korxonalar faoliyatini tanishtirish va ularga kelajak kasblarini tanlashda ko'maklashishdir.

Ekskursiya davomida o'quvchilar televizor texnikasini yig'ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar va qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

@angren_piima