Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
413 subscribers
2.45K photos
74 videos
2 files
258 links
Download Telegram
#5_ташаббус_амалда#
#Драма_тўгараги#
🏢 Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Қуйи Чирчиқ тумани Ихтисослаштирилган мактабида "Драма тўгараги" аъзолари иштирокида жадидчи бобомиз Исҳоқхон Ибрат ҳаёти ва ижоди акс этган "Исҳоқхон Ибрат" спектакли намойиш этилди.
📗 Ўқувчиларда бу спектакль жуда ҳам яхши таассурот қолдирди.

Қуйи Чирчиқ тумани ИМ
#conditional_offer

🏢⛳️ Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-B sinf o'quvchisi Xalilova Nozima Turkiyaning "Istanbul Kent University" ga
"Psychology" yo'nalishi bo'yicha o'qishga imtiyozli ravishda qabul qilindi. O'quvchimizni kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaymiz.


🎓 11-sinf Tabiiy yo'nalishdagi o'quvchilarimizga ham shu kabi muddatidan avval talabalikka qabul qilinganlik haqidagi xatlar kelishi davom etmoqda.

https://t.iss.one/Chinoz_im_piima/3566
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bugun ochiq eshiklar kuni hamda kitob marafoni bo’lib o’tdi.
Shu o’rinda kun davomida tumandagi barcha maktablardan o’quvchilar hamda ota-onalar ixtisoslashtirilgan maktabning o’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar va bilim mahoratlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldi.

Bekobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 2022-yil tashkil topgan bo’li, 326 nafar o'quvchi tahsil oladi. Maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo’lib, dars vaqti 8:30 dan 16:35 gacha. Bundan tashqari har kuni ingliz tili, robototexnika, fan va sport to'garaklari orqali o'quvchilar qamrab olingan.

Ming marotaba eshitgandan bir marotaba ko’rgan afzal


Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Forwarded from Eldor Mirzayev
#faoliyatimizdan
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi hafta boshidan ertalabki an'anaviy saflanish tadbiri Davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.
💫Haftaning eng muhim xushxabari bo'lgan maktabimizning 8-10-sinf o'quvchilari chet (ingliz) tilini bilish darajasini belgilovchi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtib International English Language Testing System(IELTS) 7 va 6.5 balli natijalarni qoʻlga kiritganligi munosabati bilan IM direktori E.Mirzayev o'quvchilarni kelgusidagi o'qishlariga muvaffaqiyatlar tilab,sertifikatlarni munosib tarzda topshirdilar.
♻️Oʻquvchilarimizning taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga va ota-onalariga maktab ma’muriyati nomidan o'z minnatdorchiliklarini e'tirof etdilar.

💫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
🌐Telegram 🌐 Facebook🌐Youtube
#Amir_Temur_tavalludining_688_yilligi

🏫Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

      ⚡️9-aprel- dunyoga mashhur jahongir, Xilda Xukxem ta’biri bilan aytganda “Yetti iqlim hukmdori”, sohibqiron bobomiz  Amir Temur tavallud topgan kun
      ❇️"Sohibqiron Amir Temur-markazlashgan milliy davlatchilik asoschisi" g'oyasi asosida o'quvchilarida mustaqillikni qadrlash, xalqparvarlik, adolatparvarlik va bunyodkorlik tuyg'ularini tarbiyalash maqsadida, "Amir Temur-o'zbek davlatchiligining iftixori" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
      🎗Tadbirda 5 tashabbus doirasida tashkil etilgan "Drama to'garagi"ning teatr jamoasi tomonidan sahna ko'rinishi namoyish etildi,Temir tuzuklari, she'r va kuy-qo'shiqlar orqali tadbir munosib o'tkazildi
#Davlat_ramzlari_faxrim,g'ururim

      🔰Davlat ramzlari — muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, anʼanalari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Davlat ramzlari mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini oʻzida mujassamlantiradi. 
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tarix fan o'qituvchilari Farrux Farxodovich hamda Shohruh G'ayratovich boshchiligida yoshlar ongida Vatanimiz ramzlarini ulug'lash va ardoqlash tuyg'usini tarbiyalash maqsadida,  "Davlat ramzlari-faxrim, g'ururim" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.