Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
414 subscribers
2.42K photos
74 videos
2 files
255 links
Download Telegram
#Kasbga_yo'naltirish

      🎗"Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘dir"-Sh.M.Mirziyoyev
      🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-avgust PQ-350-sonli "Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yosh avlodni bilimli, salohiyatli, teran fikrlaydigan, o'z yo'nalishida innovatsiya qilish bilan bir qatorda ajdodlarimiz egallagan hunarlarni egallash bugungi kun yoshlariga ham burch, ham sharafdir.
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-"G" sinf rahbari Baratova Zuhra Baxtiyarovna boshchiligida "Hunarli kishi xor bo'lmas" mavzusida noan'anaviy sinf soati mashg'uloti o'tkazildi. Mashg'ulot davomida o'quvchi qizlarimizning pazandachilik mahoratiga baho berildi. Jarayonda sinf qizlarining barchasi faol qatnashishdi. Yuza kelgan kamchiliklar sinf rahbari tomonidan bartaraf etish yo'llari tushuntirildi. Dars jarayoni jamoaviy, hamjihatlikda, motivatsiya boy tarzda o'tkazildi.
#5_tashabbys_amalda
🏢 Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktab

👩‍🎨Tasviriy san'at yo'nalishi

👩‍🏫Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi 5-sinf o'quvchilari bilan Tasviriy san'at fanidan "Ochiq havoda etyud ishlash bosqichlari" mavzusi asosida ochiq dars tashkil qilindi. Bu darsdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarda tabiatni sevish, uni asrash, turli holatdagi tabiat obrazlarini tasvirlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni milliyligimiz aks etgan ko'rinishlarni yaratishga, ularni ranglarda tasvirlashga o'rgatishdan iboratdir. Dars judayam quvnoq tarzda tashkil qilinib, barcha o'quvchilarga ko'tarinki bahoriy kayfiyat ulashildi.
Quyi Chirchiq tumani IM
Forwarded from Sevdo Ubaydullayevna
#psychologist_time
#Ixtisoslashtirilgan_maktab



Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchilari bilan "Hayo xaloskordir" mavzusida odamiylikning yuksak mezoni hisoblangan vafo,sadoqat,ibo va hayo, lafz va masʼuliyat kabi fazilatlarga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi va insho olindi

IM psixologi
S.Abdurahmanova
#Chinoz_tuman_IM
#Bizning_faxrimiz
#Bizning_shunday_ōquvchilarimiz_bor
#Natija

🔘Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchilari Malikova va Abdukarimova Zuxralar Bilim va ko'nikmalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonida biologiya fanidan 71 ball to'pladi va milliy sertifikatni qo'lga kiridi.

🔘Shu bilan birgalikda, o'quvchilarimiz maktabimizdagi barcha tadbirlarda faol, eng namunali va tirishqoq o'quvchilarimizdan. Kelajakda yetuk shifokor bo'lishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishgan.

🔘 O'quvchilarimizning ota-onasiga, ustozlariga shu jumladan biologiya fani ustozi Baratova Zuxra Baxtiyarovnaga Chinoz tuman ixtisoslashgan maktabi rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz va kelajakdagi o'qishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.


Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
#IELTS
#Result
#Bizning_faxrimiz

⚡️Ilm olish, xorijiy tillarni o'rganish - kelajak uchun eng yaxshi poydevor.

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10.1-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiyeva Malika International English Language Testing System (IELTS)dan 7 ballni qo'lga kiritdi.

🎊🎉👏Tabriklaymiz! O'quvchimizga bundanda yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!

💫Katta natijalar uchun mehnat qilayotgan va bunga erishayotgan har bir o'quvchimiz bilan faxrlanamiz!

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Youtube
#yashil_makon
#tabiat_bilan_hamnafas

Toshkent viloyati bo'yicha
🌿"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tabiatni asrash, undagi biologik xilma-xillikni rivojlantirishga qaratilgan turli aksiyalar, tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Agentligimiz tizimidagi Quyi Chirchiq tuman Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasada "Maktabimizni hududdagi eng obod maskanga aylantiramiz" shiori ostida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Ushbu tadbirlarda oʻquvchilar tomonidan tashabbus ko'rsatilib yer maydonlariga agrotexnik ishlov berildi, daraxtlar shaklga solindi, gul ko'chatlar yerga qadaldi.

Shuningdek, maktab hududiga 30 dan ortiq turli xildagi mevali va pavloni, teraklar hamda manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.


✍️Quyi Chirchiq tuman IM
#School_Counselor

🎉🎉🎉#XUSHXABAR !!!
⚜️Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏛Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
11-B sinf o‘quvchisi
👨🏼‍🎓Abdumannopova Nigora

💥Ma'lumot uchun Abdumannapova Nigora
Sobirjon qizi

CEFR B2
Milliy Sertifikat 93.31%  (Biologiya)

💫 Agentlik STEM fan olimpiadasining Toshkent viloyati hududiy bosqichida Biologiya fanidan 1-o'rin sohibi

Ustozi: Ergashev Saidikrom


O'quvchimizni tabriklaymiz hamda kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz 👏👏

🔥Buyuk kelajak sari,
Buyuk O‘zbekiston uchun!!!

🌐Bizni kuzatib boring!
#5_ташаббус_амалда#
#Драма_тўгараги#
🏢 Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Қуйи Чирчиқ тумани Ихтисослаштирилган мактабида "Драма тўгараги" аъзолари иштирокида жадидчи бобомиз Исҳоқхон Ибрат ҳаёти ва ижоди акс этган "Исҳоқхон Ибрат" спектакли намойиш этилди.
📗 Ўқувчиларда бу спектакль жуда ҳам яхши таассурот қолдирди.

Қуйи Чирчиқ тумани ИМ