Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
419 subscribers
3K photos
89 videos
7 files
354 links
Download Telegram
Forwarded from CHDPU | Rasmiy kanal
Ixtisoslashtirilgan maktablar xalqaro pedagoglar tayyorlash dasturiga qo‘shildi
#prezident_topshirigi #ijro

Chirchiq davlat pedagogika universiteti G‘ofurjon Muxamedov xalqaro pedagog kadrlar tayyorlash dasturi doirasida ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqotda Chirchiq davlat pedagogika universiteti va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasida amalga oshirilishi kutilayotgan yirik loyihalar, jumladan, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasida integratsiyani, turli yo‘nalishlardagi almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“Kembrij Xalqaro ta’lim dasturi” standartlarini o‘quv jarayoniga joriy etish orqali xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlashda ixtisoslashtirilgan maktablarning yetakchi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda metodologik ma’ruzalar tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-fevral kuni o'tkazilgan 2024-yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Parkent, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari va Yangi yo‘l shahar ixtisoslashtirilgan maktab internati rahbarlari ishtirokida O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
👍2
Forwarded from Komila Ruziqulova Bekabod shahar IM
#Toshkent_viloyati #Bekobod_shahar_IM
#bizning_shunday_õquvchilar_bor
🎉🎉🎉Bizda Qabul xatlari kelishda Davom etmoqda‼️‼️

⚜️Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏛 Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
11-sinf o‘quvchisi

👨🏼‍🎓 Isroilov Jasur ga

🇺🇲Amerika davlatining New York shtatidan full scholarship keldi.

Eng nufuzli:

1." ELMIRA COLLEGE in NEW YORK"

Presidential scholarship valued at 💵$25.000 per academic year.

📊Academic program is:
📙Business Administration

📢Eslatib o'tamiz : o'quvchimizga

🇲🇾 MALAYSIA davlatidan qabul xati kelgan edi.
Eng nufuzli :

1. "XIAMEN UNIVERSITY MALAYSIA"
💵25.000 dollar scholarship qo'lga kiritgan.

Ma'lumot uchun Isroilov Jasur

IELTS 7.5

Listening 8.5
Reading 8.5
Writing 6
Speaking 6.5

Ibrat Camp, WIKI oromgohi ishtirokchisi
Yosh Eko volontyor a'zozi

School counselor: Ruziqulova Odina

📩 Bizni telegram kanallarimizda kuzatib boring:
https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
👍3
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
#Bizning_maktab_faoliyati
#Test_sinovlari

♻️ Joriy yilning 31 mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent viloyati Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabda 2024-2025 o'quv yili uchun Bekobod shahar umumta'lim maktablarining 4-6 sinf o'quvchilari bilimini sinash maqsadida sinov testi o'tkazildi.

Ushbu test jarayonida maktab hududiga ota-onalarimiz ham tashrif buyurishdi. Maktab ma'muriyati va ustozlari ota-onalar bilan tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari to'g'risida suhbat olib bordilar.

📩 https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
👍1
Forwarded from 𝓗𝓾𝓻𝓼𝓱𝓲𝓭𝓪 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓻𝓪𝓼𝓾𝓵𝓸𝓿𝓷𝓪
#seminar

Joriy yilning 1-aprel kuni Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Boshqarma boshlig'i birinchi o'rinbosari -Xamrayev G'ayrat Yusupovich ,Boshqarma bo‘lim boshlig'i Vafoqul Xotamov Elmurodovich ,Yangiyo‘l shahar IMI direktori-Toshpo‘latova Dilorom Bobonazarovna,Bo'stonliq tuman IM O‘IBDO‘-Mannabov Alijon Abduvaliyevich, Oqqo‘rg‘on IM O‘IBDO- Barno Nabiyevna yangi baholash tizimi joriy etililayotgan umumta'lim maktab direktorlari hamda o‘quv -tarbiya ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlar uchun ,
- Baholash jarayonini tashkil etish;
- Oʻqituvchi tomonidan summativ baholash sinovlarini mezonlar asosida tekshirish;
- Natijalarni monitoring qilish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

♻️Ma'lumot uchun: 2024-yil -Davlat dasturiga asosan viloyatda 56 ta umumta’lim maktablarida an'anaviy baholash tizimidan yangi baholash tizimiga o‘tish maqsad qilib qo‘yildi.

Telegram | Facebook | YouTube|Instagram
👍2