Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
411 subscribers
2.52K photos
74 videos
2 files
273 links
Download Telegram
#Practical_english

       🔰Chet tillarini bilish darajasini rivojlantirish hamda chet tili fanlarini o'qitishda interaktiv
hamda integratsiyalashgan metodlarning amaliy ahamiyati va samaradorligi bugungi kunda sezilarli darajada ko'zga tashlanmoqda
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ingliz tili fan o'qituvchisi falsafa fanlari doktori PhD 
Abdiyeva Sarvinoz Murodqosimovna boshchiligida 7-"V" sinf o'quvchilariga "LITERATURE TIME " mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi. Dars davomida, sahna ko'rinishi, puzze ishlandi, text order, ingliz tilida tarjima g'azallar o'qildi. Ingiz tili muhiti yaratildi.
        🎗O'zbek adabiyotining yirik vakillari hayot yo'li va ijodiy faoliyatini ingliz tilida o'rganish, ham o'zlikni anglash, ham jahonni tanish bilan barobar kechadigan jarayon hisoblanadi. Borliqni o'zining asarlari bilan maftun etgan, jahonni titratgan ajdodlarimiz kabi ushbu o'quvchilarimiz ham kelajakda ingliz tilini puxta egallab, milliyligimizni tarannum etishiga ishonamiz.
#Bizning_maktab

🔰O'quchi-yoshlar rasm chizish vaqtida miyaning har ikki yarimshari faol holatda boʻladi. Rasm chizish diqqatni bir yerga jamlashga oʻrgatadi, xotirani kuchaytiradi, kreativlikni oshiradi.
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san'at fan o'qituvchisi Nazokat Baxadirovna boshchiligida 6-"A" sinf o'quvchilariga "3D uslubida rasm ishlash" mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi. O'quvchilar 3D usulida rasm ishlashda eng avvalo yorug'lik va soyalarni to'g'ri etkazish uchun istiqbol asoslarini aniqlab olishdi. Yorug'lik va soyalarni to'g'ri aniqlashda, chizayotgan ishlari qaysi burchakdan ko'rinishini tasavvur qildilar.  O'quvchilar ushbu jarayonda  obyektga tushadigan yorug'lik manbasini topishdi. Yorug'lik manbasini to'g'ri aniqlab, soyalar yanada aniqroq ko'ringandan keyin rasm chizish jarayonini boshlashdi. Ushbu jarayon muvofaqiyatli amalga oshirildi. O'quvchilar topshiriqni a'lo darajada uddalashdi.
Forwarded from ITMA Angren_IM
#natija_CEFR_B2

Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchilaridan navbatdagi CEFR natijalari! Buguncha 4 nafar o'quvchimiz B2 sertifikatlarini qo'lga kiritishdi. Hali davomi bor... 😉

Samarali mehnatlari uchun maktabimizning ingliz tili o'qituvchisi Karima Xudoyberdiyevaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

@angren_piima