Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
406 subscribers
2.67K photos
75 videos
2 files
295 links
Download Telegram
Forwarded from Maftuna Choriyeva (Zangiota MMIBDO')
#o'quv_seminar    
#Zangiota_IM     
                       
🏢 2024-yil 29-avgust kuni Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublari" mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Seminarga Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 1-2-6-16-maktablar, Zangiota tumanidan 15-19-32-maktab  hamda Toshkent tumanidan 5-6-9-maktabning direktor va direktor o'rinbosarlari taklif qilindi.

💫 Taklif qilinganlar seminar davomida tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish hamda
o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvlari haqida bilimlarga ega bo'lishdi.

👮‍♀👮‍♂ Bundan tashqari IIV Qorovul qo'shinlari harbiy ansambili a'zolari seminar ishtirokchilariga musiqali chiqishlarini namoyish etishdi.
#yangi_o'quv_yiliga_tayyorgarlik
#amaliy_pedagogik_kengash

❗️YANGI O'QUV YILIDA-YANGI REJALAR

Joriy yilning 30-avgust sanasida "Talimda mukammallikka intilish" shiori ostida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024/2025-o'quv yiliga uchun belgilangan vazifalar taqdimoti o'tkazildi.
Maktab direktori E.Mirzayev boshchiligida 2023/2024-o'quv yili sarhisobi va 2024/2025 -o'quv yilida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ijrosi maqsad qilib belgilab olindi.
O'quv dasturlarining ijrosi bo'yicha maktabning O‘TIBDO-B.Nabiyevna tomonidan ma'lumot berib o'tdildi.
Sinf rahbarlarni va metod birlashma raxbarlarini tayinlash to'g'risida maktabning MMIBDO P.Omonova so'zga chiqdi.
Maktab psixologi X.Abdurasulovna tomonidan o'z kasbining fidoyisi,ma'suliyatli bo'lishi,kelajak avlod tarbiyasiga ayniqsa ularning ruhiy salomatligiga katta hissa qo'shishlarida zamin bo'luvchi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🔎Bizni kuzatishda davom eting.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining
33 yilligini munosib kutib olindi va “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri samarali oʻtkazildi. "Bir boʻlsak yagona xalqmiz , birlashsak Vatanmiz!" shiori ostida oʻtkazilgan tadbirni Chinoz tumani xokimining Yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish boʻyicha o'rinbosari N. Qoraboyeva ochib berdi va tuman hokimi Sh.Salixovning tashakkurnomasini olib borayotgan samarali ishlari va fidokorona tashabbuslari uchun maktab direktori O.Isoqovga topshirildi. Shuningdek ota-onalar qoʻmita raisi A.Ergashev va joriy yilgi bitiruvchimiz Ch.Tursunova soʻzga chiqib tizim mutasaddilariga, yaratilgan shart-sharoitlarga oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtishdi. Oʻquv yili koʻtarinki ruhda boshlab yuborildi.


Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
Forwarded from Чарос Гулямовна Бу́ка туман ИМ
❇️BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

❇️Bo‘ka tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi. Bayramona bezatilgan taʼlim dargohi oʻquvchilarga yana oʻz eshiklarini ochdi.
❇️“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi 1186-harbiy qism vakillari , tuman hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari qatnashdi.
❇️Tadbirda soʻzga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan taʼlim tizimini jahon andozalariga mos tarzda rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlashib, oʻquvchilarga yaxshi oʻqib, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshadigan inson boʻlishida omad tilashdi.
❇️ “Bilimlar kuni” “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida oʻquvchilarga soʻzlab berildi.
❇️https://t.iss.one/bukapiima