Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
413 subscribers
2.45K photos
74 videos
2 files
258 links
Download Telegram
Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tuman Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi

♻️,,Mahalla obod - yurt obod" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazildi.

⚡️Hashar jarayonidan so'ng jamoa a'zolari va mahallaning nuroniy insonlari bilan birgalikda bir dasturxon atrofida yig'ilib, yangi o'quv yili uchun yaxshi niyatlar bildirildi va  nuroniy otaxonlardan duo olindi.

https://t.iss.one/Ortachirchiq_tumani_IM
#oʻquv_yiliga_tayyorgarlik

YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK

🔴Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi Quiyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabda 2024/2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari yuzasidan Taqdimot o‘tkazildi.

📽Taqdimot dasturi mahorat darslari, ixtisos va noixtisos fanlari, ma’naviyat hamda psoxologik trening kabi yo’nalishlarni qamrab olgan.

📌Ushbu tadbir yangi o’quv yili oldidan ilg’or metodikalar va sohadagi yangiliklarni o’qituvchilarga yetkazish maqsadida 2 yil mobaynida o’tkazilib kelinmoqda.

🖊Maktab direktori Axmedov Elyorxon boshchiligida joriy yilning birinchi yarim yilligida sohada amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kelgusi vazifalar ijrosiga bagʻishlangan Jamoaviy yigʻilishi oʻtkazildi.


#Quyi_Chirchiq_IM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#New_results

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11- A sinf oʻquvchisi To'laganova Mahliyo IELTS imtihonidan overall 6.0 ballni qo'lga kiritdi, Shu bilan birga Mahliyo ingliz tilini bilish darajasi aniqlovchi CEFR B2 sertifikatini ham qo'lga kiritgan edi.

🎗Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing! Boshlangan yangi oʻquv yilida mana shunday muvafaqqiyatlar zanjiri bardavom boʻlsin.

Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
Forwarded from ITMA Angren_IM
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

Angren Ixtisoslashgan Maktabining MATEMATIKA fani ustozi RAXMONOVA IRODAXON xalqaro iTEP ingliz tili bilim va ko'nikma darajasini aniqlash testini muvaffaqiyatli topshirib UPPER INTERMEDIATE ya'ni CEFR B2 darajasiga teng sertifikatni qo'lga kiritdi.

Ustozimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz va yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishida hech ham charchamasligini tilab qolamiz.

Ma'lumot uchun aytib o'tamiz, 2024-2025-o'quv yilida Angren Ixtisoslashtirilgan Maktabida xalqaro Cambridge dasturi asosida o'qitiladigan sinflar ochiladi va ushbu sinflarda ingliz tili darajasi kamida CEFR B2 darajasini olgan matematika, kimyo va biologiya fani ustozlari ta'lim beradilar.

@angren_piima
Forwarded from Maftuna Choriyeva (Zangiota MMIBDO')
#o'quv_seminar    
#Zangiota_IM     
                       
🏢 2024-yil 29-avgust kuni Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublari" mavzusida o'quv-seminari bo'lib o'tdi.

Seminarga Toshkent viloyatining Qibray tumanidan 1-2-6-16-maktablar, Zangiota tumanidan 15-19-32-maktab  hamda Toshkent tumanidan 5-6-9-maktabning direktor va direktor o'rinbosarlari taklif qilindi.

💫 Taklif qilinganlar seminar davomida tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish hamda
o‘quvchilarni o‘qitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ta’lim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan o‘qitishning fanlararo yondashuvlari haqida bilimlarga ega bo'lishdi.

👮‍♀👮‍♂ Bundan tashqari IIV Qorovul qo'shinlari harbiy ansambili a'zolari seminar ishtirokchilariga musiqali chiqishlarini namoyish etishdi.
#yangi_o'quv_yiliga_tayyorgarlik
#amaliy_pedagogik_kengash

❗️YANGI O'QUV YILIDA-YANGI REJALAR

Joriy yilning 30-avgust sanasida "Talimda mukammallikka intilish" shiori ostida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024/2025-o'quv yiliga uchun belgilangan vazifalar taqdimoti o'tkazildi.
Maktab direktori E.Mirzayev boshchiligida 2023/2024-o'quv yili sarhisobi va 2024/2025 -o'quv yilida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ijrosi maqsad qilib belgilab olindi.
O'quv dasturlarining ijrosi bo'yicha maktabning O‘TIBDO-B.Nabiyevna tomonidan ma'lumot berib o'tdildi.
Sinf rahbarlarni va metod birlashma raxbarlarini tayinlash to'g'risida maktabning MMIBDO P.Omonova so'zga chiqdi.
Maktab psixologi X.Abdurasulovna tomonidan o'z kasbining fidoyisi,ma'suliyatli bo'lishi,kelajak avlod tarbiyasiga ayniqsa ularning ruhiy salomatligiga katta hissa qo'shishlarida zamin bo'luvchi trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
🔎Bizni kuzatishda davom eting.