Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
388 subscribers
2.76K photos
87 videos
2 files
311 links
Download Telegram
Forwarded from Salimova Dildora Ibraximovna
🏢 Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
👩‍🏫 "Zukko kitobxon " tanlovi
Yakuniy bosqich
Yosh avlodni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida maktabimizda maktab kutubxona mudirasi F.Oʻrinboyeva va ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari hamkorligida "Zukko kitobxon "tanlovi tashkil etilganligini avval maʼlum qilgan edik.
Mana shu tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning 22-may kuni 9-sinf oʻquvchilar bellashuvi boʻlib oʻtdi.Tanlovda ishtirokchilar 3 shart asosida bellashdilar.
Birinchi shartda oʻquvchilar berilgan badiiy adabiyot mualliflaridan biri haqida taqdimot tayyorlashdi.Ikkinchi shartda "Asarga sayohat" asosida sahna chiqishlari namoyish etishdi .Uchinchi shartda savollarga javob berdilar.
Tanlov natijalariga koʻra
🥇1-oʻrin 9-"B" sinf
🥈2-oʻrin 9-"A" sinf
🥉3-oʻrin 9-"F" sinflar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati
Masʼul : Dildora Salimova
Forwarded from O'rtachirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Dildora Mirzaxmatovna O'rta Chirchiq IM)
UMUMIY OTA-ONALAR YIG'ILISHI

♻️Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida IV-chorak hamda o'quv yili yakuni bo'yicha umumiy ota-onalar yig'ilishi o'tkazildi.

⚡️Tashrif buyurgan barcha ota-onalardan maktab psixologi Absamatova Karomat Nuriddinovna tomonidan o'quv jarayonlari bo'yicha so'rovnoma olindi.

💫Yig'ilish jarayonida maktab rahbari Zulyorova Dilorom Xolmurodovna tomonidan 2023-2024-o'quv yili davomidagi barcha jarayonlar tahlili bayon etildi.

💫Yig'ilish so'ngida yillik reyting natijalar tahlili bo'yicha barchaga o'rnak bo'la oladigan o'quvchilarning ota-onalari taqdirlandi.

https://t.iss.one/Ortachirchiq_tumani_IM
#Matematika
#Faxrimizsiz_ustoz
#Milliy_Sertfikat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika  fani o'qituvchisi Imomov Ro'ziboy Karamatovich boshchiligidagi bir qator o'quvchilar matematika fanidan milliy sertifikatni qo'lga kiritishdi. Tajriba sifatida tanlab olingan ixtiyoriy 5 nafar o'quvchining barchasi 80% dan yuqori natija qayd etishdi , hattoki 100% lik natija ham qo'lga kiritildi, jumladan:
✔️ 1-ustoz Imomov Ro'ziboy -94%
✔️ 2-10-"A" Turkmenbayev Ozodbek -100%
✔️ 3-11-"A" Shuxratov Ozodbek-89.2%
✔️ 4-10-"A" Boltaboyev Azamat-80.82%
✔️ 5.10-"A" Bekzotov Ozodbek -80.31%
✔️ 6.10-"A" Ismoilov Bekzot -80.55%

O'qituvchimizni  ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi  nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.

💫Kelgusi ishlarida  ulkan parvozlar tilab qolamiz.
#Milliy_Sertfikat
#Matematika
#Bizning_shunday_o‘quvchilarmiz_bor

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi Kubeyev Nurjan Daniyar o‘g‘li matematika fanidan milliy sertifikatni qo'lga kiritdi.
✔️ Kubeyev Nurjan-92.46% (B+)

Shogirdlarni tayyorlayotgan o'qituvchimizni jamoa nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.

💫Kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.
✍️Quyi Chirchiq tuman IM
Forwarded from Shahnoza Kasimjanovna
# BIZNING_SHUNDAY_O'QUVCHILARIMIZ_BOR
#Bekobod_shahar_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabning 10-A sinf o'quvchisi Xakimboyev Jonibek matematika fanidan 100% lik Milliy sertifikatni qo'lga kiritdi.

👉 Eslatib o'tamiz, Xakimboyev Jonibek maktabdagi jamoat ishlarida faolligi, namunali xulqi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi.

⚡️ Iqtidorli, bilimli o'quvchilarimiz bor ekan yurtimiz hamisha yuqori cho'qqilarga, marralarga erishadi.

Xakimboyev Jonibekka barcha ustozlari kelajakdagi o'qish va ishlariga omad tilab qoladilar.

📩 https://t.iss.one/+AUqMWn5uVBM0M2My
#Oqqo'rg'on_tuman_IM
#Milliy_sertifikat_sohibi
#Bizning_faxriy_ustozlararimiz

🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fanidan Murotov Shamsiddin Botirovich Milliy sertifikatdan 90.51% natijani qo'lga kiritdilar.

Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ustozning kelgusidagi ishlari va faoliyatiga omad tilab qoladi.

👉 Bizni telegram kanallarda kuzatib boring.
♻️Telegram