Toshkent viloyati | Ixtisoslashtirilgan maktablar
421 subscribers
2.98K photos
89 videos
7 files
352 links
Download Telegram
Forwarded from 𝓗𝓾𝓻𝓼𝓱𝓲𝓭𝓪 𝓐𝓫𝓭𝓾𝓻𝓪𝓼𝓾𝓵𝓸𝓿𝓷𝓪
#Oqqo‘rg‘on_tuman_IM
#uchrashuv

🏢Bugun Oqqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-10-11- sinflar o‘quvchilari hamda Toshkent shahridagi TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI(TTPU) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitiet vakili mazkur oliy ta‘lim muassasasidagi yo‘nalishlar, istiqboldagi imkoniyatlar, yaratilgan sharoitlar va kirish imtihonlari tartibi haqida taqdimot o‘tkazdi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:
📌 Hujjat topshirish jarayonlari;
📌Qabul jarayonlarida qo’yiladigan talablar;
📌 Universitet ta’lim yo’nalishlari va fakultetlar;
📹Taqdimoti orqali ta'lim muassasasidagi ôquv jarayonlari, dars beruvchi professor-õqituvchilar, ôqish davomida beriladigan imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berishdi va suhbat sônggida ôquvchilarimizga kelajakda ôz sohasining yetuk mutaxassisi bôlishlarida omad tilab qolishdi.
🌍 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👉Telegram | 👉Facebook
#Меморандум
🏢 Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги тизимидаги Қуйи Чирчиқ тумани Ихтисослаштирилган мактабида Тошкент иқтисодиёт ва технологиялари Университетининг бир гуруҳ профессор-ўқитувчилари билан учрашув ўтказилди.
📗 Учрашувдан мақсад, битирувчи ёшларни билим ва қизиқишларидан келиб чиқиб ,уларни олий таълимга ва касбга йўналтириш, ажратилган давлат квоталари ҳақида маълумот бериш ҳамда келгусида ўз касбининг профессионал мутахассиси бўлиши учун йўналиш кўрсатиш.
📗 Давра суҳбатида мазкур
Университетининг ўқув ишлари бўлими бошлиғи И.З.Юлдашева, иқтисодиёт факультети декани, доцент Ж.О.Кучаров, иқтисодиёт кафедраси доценти Р.Х.Хакимов, иқтисодиёт факультети математика фани ўқитувчиси С.Н. Муродов ҳамда мактаб ўқитувчи ва ўқувчилари иштирок этишди. Суҳбат жараёнида университет ўқитувчилари таълим шакли ва йўналишлари ҳақида маълумот бериб ўтдилар. Ўқувчилар ўзларини қизиқтирган саволларига батафсил жавоб олдилар.

Қуйи Чирчиқ тумани ИМ.
👉Telegram 👉 Facebook
Forwarded from Abdusamad Sobirov
Sportning Universal jang turi bo‘yicha "OSIYO CHEMPIONATI" o‘tkazildi.

Joriy yilning 17-20-may kunlari Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida sportning Universal jang turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.

🔷Ushbu qit'a birinchiligida Bekobod shahar sport maktabida shug‘ullanuvchi 15 nafarga yaqin iqtidorli sportchilar ishtirok etishdi.

🏆Musobaqa yakuniga ko‘ra "Layt" va "Klassik" yo‘nalishlari bo‘yicha janglarda ishtirok etgan sportchi, Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Yunusov Dilovar o'z vazn toifasida 1 o'rinni qo‘lga kiritdi.
#LOYIHA_ISHI

🔰Ta'lim samaradorligini oshirish, xalqaro va milliy bilish darajasidagi sertifikatlarni qo'lga kiritish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida, o’quvchi-yoshlar o’rtasida “Uchinchi Renessans-yoshlar nigohida" shiori ostida loyiha ishlari tizimli amalga oshirilmoqda
       ❇️Joriy yilning 22-may kuni Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ingliz tili fan o’qituvchisi Sarvinoz Abdiyeva boshchiligida "Shopping " mavzusida 6-sinf o’quvchilari noan’anaviy tarzda loyiha ishlarini topshirdilar.
       🎗Ushbu loyiha ishlari davomida o’quvchi-yoshlarda jamoa bo’lib ishlash, mavzuga kreativ yondashish kabi ko’nikmalari shakllanadi.