Toshkent shahri | Ixtisoslashtirilgan maktablar
410 subscribers
714 photos
68 videos
21 files
276 links
Download Telegram
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
#Bitiruvchi_2024

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.


✔️ Unda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi olimpiada bo‘limi boshlig‘i Shermatov To‘raboy Yusupbayevich, Toshkent Tibbiyot akademiyasi davolash ishlari bo‘yicha prorektori Karimov Ma’ruf Shokirovich, O‘zbekiston Respublikasi  IIV faxriysi Murodxo‘jayev Telman Salohiddinovich, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Mo‘minov hamda o‘quvchilarning  ota-onalari mehmon sifatida ishtirok etdilar va bitiruvchilarga o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirdilar.

✔️ Tadbir  boshida maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bu yilgi to‘rtinchi qaldirg‘ochlarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

⚡️ Shuningdek tadbir davomida, bitiuvchilarga 11-sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish bo‘yicha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 36 soatlik “Kichik tibbiy xodim” va 18 soatlik “Massaj asoslari” o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun “Sertifikat” taqdim etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook