Toshkent shahar FVB | Rasmiy kanal
2.26K subscribers
10.8K photos
2.21K videos
5 files
4.29K links
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati
Download Telegram
Ошқозон ярасининг сабабларини биласизми?

✍️ Шифокор Лазизбек Қўчқоров:

Палапартиш таомланиш,
кучли ҳаяжонланиш,
ирсий мойиллик,
спиртли ичимликларга ружу қўйиш,
меъда шираси кислоталилигининг ошиши,
оч қоринга газланган, аччиқ, шўр ва консерваланган маҳсулотларни истеъмол қилиш.

📌Асоратлари:
ошқозон тешилиши,
қон кетиши,
хавфли ўсмага айланиши,
ўт пуфаги касалликлари,
панкреатит келиб чиқиши эҳтимоли бор.

❗️Касаллик кўпинча сурункали тарзда кечади ва баҳор ҳамда куз мавсумида қайталанади.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Test sinovlari o‘tkaziladigan maskanlarda profilaktik tadbirlar

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 5-avgust kuni soat 18:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Seul ko‘chasida joylashgan 12 qavatga mo‘ljallangan qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon voqea joyiga soat 18:28 da yetib borib, yong‘in soat 18:44 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida binoning 2 qavatida 140 kv.m maydonda qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB rahbariyati, IIB va SSB xodimlari yetib borgan.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
📹 #FVV_òrganish_ishlari

☑️ Bugun Olmazor tumanida Ijtimoiy soha obyektlari va aholi yashash xonadonlarini 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati bo'yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hamda Xalq qabulxonalari vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

▪️Tumanimizning 1-sektorida tashkil etilgan shtab yig‘ilishida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Olmazor tuman hokimi Azizxon Umarxonov va sektor hamda barcha bo'lim, tashkilot rahbarlari, tumanda faoliyat olib boruvchi kommunal soha vakillari, mahalla raislari va ishchi guruh a'zolari ishtirok etdilar.

▪️Ishchi guruh a'zolari tumanimiz mahallalariga bo‘linib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilganlik holatlarini o‘rganishga safarbar etildi.

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Тест синовлари ўтказиладиган бино, стадион ва хиёбонлар ҳақида маълумот олиш имкони яратилди

📌 Давлат тест марказининг расмий веб-сайтига 2022-2023-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари ўтказиладиган бино, стадион ва хиёбонлар бўйича маълумотлар жойлаштирилди.

Унда қуйидаги маълумотлар акс этган:

🔹 Тест синови ўтказиладиган ҳудуднинг расми;
🔹 Ҳудудга кириш жойлари;
🔹 Тест синови ўтказиладиган жой номи;
🔹 Тест синови ўтказиладиган жой манзили;
🔹 Сектор рақами;
🔹 Тест синови ўтказиладиган гуруҳлар;
🔹 Жойларнинг гоогле харитадаги геолокацияси.

Тест синовларини ўтказиладиган бино, стадион ва хиёбонлар:
👉 dtm.uz/page/test_2022

👨🏻‍💻 Мазкур саҳифадан тегишли ҳудудни танлаб, мазкур ҳудуддаги тест синовлари ўтказиладиган стадион ва хиёбонлар бўйича маълумотлар билан танишишингиз мумкин.

@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uchtepa tumanida ham obod mahalla dasturi doirasida Respublika ishchi guruhi ish boshladi

⚡️Бугун эрта тонгдан "Сеул Эко" боғида Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ходимлари, туман сектор раҳбарлари, маҳалла раислари ва округ раҳбарлари жамул-жам бўлишиб, бугунги режаларни белгилаб олишди.

👉Ҳурматли тумандошлар! Келинг белни-белга боғлаб, бир мушт бўлиб, Учтепани тоза ҳудудга айлантирайлик!

👉https://t.iss.one/uchtepahokimligi
Joriy yilning 5-avgust kuni Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi "O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-144-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan zilzila va uning oqibatlariga oid nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari hamda yong‘in-qutqaruv texnikalari va asbob anjomlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilar kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Бугун, 9 август куни Тошкент шаҳар Муқимий кўчасида жойлашган биноларнинг бирида ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида шаҳар ФВБга хабар кеилиб тушган.

Шунга кўра 4 та ёнғин-қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб бориб, ҳозирда ёнғинни бартараф этиш ишлари амалга оширилмоқда. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Ҳодиса юзасидан батафсил маълумот яқин дақиқаларда тақдим этилади.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥Муқумий кўчасида нима ёнди?

Бугун Тошкент шаҳар Яккасарой тумани Муқимий кўчасида ёнғин бўлаётгани ҳақида хабарлар тарқалди. UzNews.uz мухбири воқеа жойига бориб, репортаж тайёрлади.

@uznewsuzb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-27-sonli Farmoni va vazirlikning amaldagi meyoriy qoidalariga asosan boshqarma xodimlari havfsizlik qoidalariga amal qilgan holda o'q otish mashg'ulotlari o`tkazildi.
https://toshkentfvb.uz/new/
Toshkent shahar FVB
Matbuot xizmati