Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi
675 subscribers
5.13K photos
1.09K videos
2 files
2.17K links
Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining sahifasi.

Instagram: https://instagram.com/tosh.babm

Facebook: https://facebook.com/toshbabm

☎️ +998712373442
Download Telegram
#tanlov
#musaffo_osmon

😄Joriy yilning 15-may kuni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida “Musaffo osmon” shiori ostida Toshkent shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari o‘rtasida rasmlar ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Ko'rik-tanlovda Toshkent shahridagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablaridan jami 100 nafarga yaqin o'quvchi-yoshlar ishtirok etib, o'z mahoratlari va iste'dodlarini namoyon etishdi.

🟡 Musobaqa ishtirokchilarining ijodiy ishlari Toshkent shahridagi 185- va 326-umumta'lim maktablarining 3 nafar malakali tasviriy san'at fani o'qituvchilari tomonidan xolisona baholandi.

💐 Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi g'olib bo'lgan barcha ishtirokchilarni muborakbod etib, ko'rik-tanlovni tashkil etishda o'zining beg'araz yordamini ayamagan barcha mutasaddilarga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | Artshop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#tanlov
#robototexnika

📆 Joriy yilning 11-13-may kunlari Raqamli avlod IT festivali doirasida o'tkazilgan ko'rik-tanlovda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining robototexnika to'garagi a'zolari Xamroyev Aziz, Bahodirov Mo'min, Mamadaliyev Muhammadlar "Robo hackaton" yo'nalishi bo'yicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritishdi.

💐 Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi faxrli o'rinni qo'lga kiritgan yosh ixtirochilarimizni muborakbod etib, keyingi musobaqalarda ularga yanada katta zafarlar tilab qoladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Artshop
#xushxabar
#xalqaro_tanlov
#taekwondo

➡️Joriy yilning 9-10-may kunlari Qozog'iston Respublikasining Taraz shahrida bo'lib o'tgan "Ордабасы" va Taekwondo jamoaviy sport o'yinlari xalqaro chempionatida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining Taekwondo to'garagi a'zolari ishtirok etib, jami hisobda 6 dona medallarni qo'lga kiritishdi. Bular:

🥇- Anvarov Bilol
🥈va🥉- Miryakubov Muxammadamin
🥉(2 ta) - Irnazarova Maryam
🥉- Xudayberdiyev Nurbek

💐 Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi faxrli o'rinni qo'lga kiritgan yosh sportchilarimizni muborakbod etib, keyingi musobaqalarda ularga yanada katta zafarlar tilab qoladi.

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🏵 Artshop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#robototexnika

⭕️ Joriy yilning 16-17-may kunlari Toshkent davlat texnika universitetida "ROBOT-UZ 2023 Xalqaro robototexnika musoboqasi" bo'lib o'tdi.

⭕️ Musobaqada Shayxontohur tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Robototexnika" to'garagi a'zolari faol ishtirok etib, turli yo'nalishlarda bir qator medallar qo'lga kiritishdi. Bular:

🥇- "Robo futbol" - Aslanov Behruz, Hikmatullayev Abdusattor

🥇- "Robo sumo" (16-25 yosh) - Ravshanov Aloviddin

🥈- "Robo futbol" (9-14 yosh) - Hoshimov Ozodbek, Mirahmedov Abdulaziz

💐 Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi faxrli o'rinni qo'lga kiritgan yosh ixtirochilarimizni muborakbod etib, keyingi musobaqalarda ularga yanada katta zafarlar tilab qoladi.

📝Telegram 💻Instagram 📝Facebook 🏵 Artshop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM