Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi
1.8K subscribers
5K photos
1.08K videos
2 files
2.12K links
Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining sahifasi.

Instagram: https://instagram.com/tosh.babm

Facebook: https://facebook.com/toshbabm

☎️ +998712373442
Download Telegram
Ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023- yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

Manba:
@uzedu

Telegram | Instagram | Facebook
#xushxabar
#xalqaro_turnir

🏆 Joriy yilning 4-yanvar kuni Qozogʼiston Respublikasining Shimkent shahrida boʻlib oʻtgan "Mental arifmetika" xalqaro turnirida Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Mental arifmetika" toʻgarak aʼzolari quyidagi natijalarni qayd etishdi:

🥇 Abdugapporova Nurzoda
🥉 Shoyunusova Mubinabonu

Telegram | Instagram | Facebook
#yangi_yil_shukuhi
#ekskursiya

📆 Orangizda “Charli va shokolad fabrikasi” filmini ko’rmagan odam bo’lmasa kerak. Joriy yilning 5-yanvar kuni "Yangi yil shukuhi" dasturiga asosan Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining o'quvchi-yoshlari to'garak rahbarlari bilan birgalikda Charli kabi Toshkent shahridagi “Crafers” shokolad fabrikasiga sayohatga borishdi

🏭 Ekskursiya davomida sayohatchilarimiz fabrikaning malakali mutaxassislari tomonidan shokolad va qandolat mahsulotlarining barcha ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirib chiqildi

🍫 Bundan tashqari, bolajonlarimiz “Crafers” shokolad fabrikasining mazali qandolat va shokolad mahsulotlaridan ta’tib ko’rishdi.

Telegram | Instagram | Facebook
#yangi_yil_shukuhi
#ekskursiya

🔹 Joriy yilning 6-yanvar kuni "Yangi yil shukuhi" dasturiga asosan Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining o'quvchi-yoshlari to'garak rahbarlari bilan birgalikda Poytaxtimizdagi "UzEkspoMarkaz"da bo'lib o'tayotgan Gollandiyalik rassom Vinsent Villem van Gogning rasmlari ko'rgazmasiga ekskursiyaga borishdi

🔹 Sayohat davomida bolajonlarimiz taniqli rassomning takrorlanmas asar na'munalaridan bahramand bo'lishdi

🔹 Haqiqiy san'at asarlarini ko'zdan kechirish insonga boshqacha ishtiyoq beradi. Ayniqsa, bu o'quvchi-yoshlarning ijodkorlik qobiliyatlarini yanada oshirishiga katta hissa qo'shadi.

Telegram | Instagram | Facebook