Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi
1.21K subscribers
5.02K photos
1.08K videos
2 files
2.13K links
Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining sahifasi.

Instagram: https://instagram.com/tosh.babm

Facebook: https://facebook.com/toshbabm

☎️ +998712373442
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 📢🎉🎓

🗓 Joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Toshkent politexnika muzeyida III-"Nauka 0+" xalqaro fan festivali bo'lib o'tdi.

📕 "Nauka 0+" xalqaro fan festivali 2022-yildan boshlab har yili Rossiya ta'lim va fan vazirligi, Rossiya fanlar akademiyasi qoshidagi M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti va Toshkent politexnika muzeyi hamkorligida o'tkazib kelinadi.

⚛️ Festivalning asosiy maqsadi: Yosh avlodni ilm-fanga qiziqtirish va ularga fan va texnologiyalarning kundalik hayotimiz va mamlakatning kelajagiga qanchalik muhim ekanligini anglash imkoniyatini yaratishdan iborat. Festival davomida turli ko'rgazmalar, ilmiy interaktiv eksperimentlar va fan bo'yicha mahorat darslari o'tkazildi.

🎵 Ushbu fan festivalida Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablarining jamoalari, jumladan "Zarb" doirachilar ansambli, Mirobod tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Zebo" va Shayxontohur tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Anor" raqs ansambllari o'zlarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

📍 Biz bilan birga bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_kubogi
#badiiy_gimnastika

🔝 Joriy yilning 2-noyabr kuni poytaxtimizdagi Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” respublika musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

🔝 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazirlik masʼullari, tegishli tashkilot va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

🔝 Musobaqada umumtaʼlim maktablarining 1-4-sinf oʻquvchi-qizlari maktab, tuman (shahar), hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hamda respublika bosqichlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashishdi.

🔝 Ushbu tadbirda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Zarb" doirachilar ansambli, Mirzo Ulug'bek tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Nozanin", Yakkasaroy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Sharq yulduzlari" va Chilonzor tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining "Guldasta" raqs ansambllari o'zlarining ijodiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

📍 Biz bilan birga bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM