Timur Jumaniyozov
1.33K subscribers
3.87K photos
204 videos
1 file
626 links
🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i
Download Telegram
Xiva tumani sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📎 Uchrashuv davomida tuman yoshlarining muammolari hamda takliflari o‘rganildi. Ochiq muloqotda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan kasb o‘rganish, tadbirkorlik qilish, ishga joylashish, chekka hududlarda sport komplekslarini tashkil qilishda amaliy yordam berish kabi masalalar yuzasidan tegishli sektor rahbariga murojaatlar yo‘llandi. Har bir masalaga ijobiy yechim topish va ularga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi sektor rahbarlari tomonidan nazoratga olindi.

#Ochiqmuloqot

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏31😍1
🇺🇿Bo‘zatov FEST – “Yoshlar ovozi” tanlovida Xorazm viloyatidan g‘olib bo‘lgan Nazirov Otabek Baxadir o‘g‘li Prezident farmoniga asosan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.

🎵“Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” degan ibora bejizga aytilmagan. Ushbu tanlovda ishtirok etib, katta sahnalarda o‘zini namoyon qilayotgan bir qator yoshlarimiz yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lib kelmoqda. Otabek Nazirov ham 2024-yilda bo‘lib o‘tgan tanlovning Respublika bosqichida opera yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍161🔥1🤩1
⚡️Yangi ish haftasini kitob o‘qish bilan boshlang!

😊 Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi orqali minglab yoshlar bilim olmoqda. Bugunga kelib ilovada 3000+ audio va elektron kitoblar mavjud. Eng quvonarlisi ushbu kitoblar 5.000.000+ marta o‘qilibdi. Men ham ilova foydalanuvchisi sifatida, sizlarga “Mutolaa“ ilovasini yuklab olib, bilim oluvchilar safida bo‘lishni tavsiya qilaman.

📱Play Market 🍏 App Store

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uch avlod uchrashuvi

📰Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi harbiy-akademik litseyida faxriylar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda inson qarini ulug‘lashga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.


Yoshi ulug‘ faxriylar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

#Uchavloduchrashuvi #Urganchshahri

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Arda Xiva” turizm kompleksida ommaviy tadbirlar boshlanmoqda.

📰Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo qilingan “Arda Xiva” turizm kompleksi ish faoliytini boshlashi munosabati bilan fevral -mart oylari davomida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini e’lon qilamiz.

📎 Ushbu tadbirlar tarixiy va zamonaviy elementlarni uyg‘unlashtirgan yirik turizm markazida Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida siz majmuaga sayohat qilishingiz, ichki turizm yarmarkalari va hunarmanchilik namunalari bilan tanishib, sport musobaqalari va ma’naviy marifiy loyihalar, qolaverva “Hokim kubogi” bellashuvlarida ishtirok etishingiz mumkin.

📍 Viloyatimiz mehmonlari, vohamiz ahli va aziz yoshlar! Barchangizni “Arda Xiva” turizm kompleksida kutib qolamiz!

✈️ Qo‘shimcha ma’lumotlar Xorazm Yoshlari telegram kanalida berib boriladi.

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105👏21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangibozor va Gurlan tumani yoshlari bilan ochiq muloqot

Ikkala hududda ham ochiq muloqot davomida yoshlarning talab va takliflari atroflicha tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

#Ochiqmuloqot

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101
Diqqat, so‘rovnoma!

📎 Viloyatimiz yoshlari! Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qilmoqda. Biz jamoamiz bilan doimiy tarzda yigit-qizlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot, uchrashuvlar tashkil etyapmiz. Lekin bu degani, sizlarning fikrlaringiz va muammolaringiz, tashabbuslaringizni to‘liq o‘rganishga yetarli emasdek tuyuldi. Shuning uchun men so‘rovnoma e’lon qilmoqchiman.

⬇️ Ushbu havolaga kirib ( https://forms.gle/ZGmSM5jsP1533FNg9 ) bugungi kunda viloyatimizdagi yoshlar bilan ishlash borasidagi sa'y-harakatlar haqida o‘z fikrlaringizni, yana qanday loyihalar amalga oshirish bo’yicha takliflaringiz, shuningdek duch kelayotgan muammolaringizni ham yozib qoldirishingiz mumkin.

📰So‘rovnomada yozilgan barcha fikrlarni shaxsan o‘zim o‘rganib chiqaman. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
📷 Fotoreportaj

🟢 Respublika ishchi guruhi vakillari Urganch tumani va Urganch shahrida bir guruh yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

#Ochiqmuloqot

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍841
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilgi “Jasorat maktabi” o‘quv-yig‘inining birinchi mavsumiga start berildi.

Mazkur o‘quv-yig‘ini Хоrazm viloyati hokimligi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Urganch harbiy Prokuraturasi va Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

📎 Unda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar yoshlar 10 kun davomida jangovar, sport oʻyinlari, maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar hamda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashishadi.

#Jasoratmaktabi

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1311
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Kelajak kasblari" loyihasida muvaffaqiyatga erishgan yoshlarimiz!

Yoshlar ishlari agentligining "Kelajak kasblari" loyihasi doirasida Yangibozor tumanidagi EVEREST o‘quv markazida ta’lim olib, yaxshi natijalarga erishgan yoshlarimizdan biri – Zumrad Sobirova.

Zumrad o‘z ustida tinimsiz ishlashi, qat’iyatliligi va bilimga bo‘lgan tashnaligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. U ingliz tili va ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.

📎 Barcha marralar zabt etilishi mumkin, agar siz ishonch va mehnat bilan olg‘a qadam tashlasangiz!

@Timur_Jumaniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏2