Тахтакөпир районы ҳәкимлиги
6.08K subscribers
35.9K photos
4.37K videos
29 files
16.1K links
Download Telegram
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihon o‘tkaziladi

🔰 Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan.

Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkaziladi.

➡️ Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo‘lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.

🖊 Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15 fevraldan 28 fevralga (shu kuni ham) qadar ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

❗️Imtihon ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich – onlayn test, 1 mart soat 09.00 dan 13.00 gacha bo‘lib o‘tadi.

2-bosqich – suhbat, 4 mart soat 10:00 da tashkil etilib, 3 nafar g‘olib aniqlanadi.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing va sovrinlarni qo‘lga kiriting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin